Afg‘oniston bugun (17.03.2026) Pokistonni poytaxt Kobulga qarshi o‘limga olib keliuvchi havu hujumlari uyushtirganlikda ayblar ekan, Xitoy, nomi tilga olingan ikki davlatni ehtiyot bo‘lishga va muammoni muloqot yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi.
Afg'on hukumati dushanba kuni (16.03.2026) kechqurun soat taxminan 21:00 (1630 GMT) atrofida Pokiston tomonidan Kobuldagi 2 000 yotoqli yoki o‘rinli Omid nomidagi shifoxonaga qarshi zarba berilgani va oqibatida tinch aholidan kamida 400 kishi halok bo‘lganini iddao qildi.
Pokiston bu ayblovni rad etgan holda Kobul va Nangarhor viloyatida o‘rin olgan afg'on harbiy ob'ektlari va o'q - dorilar omborlarini nishonga olganini bildirdi.
Kobul bilan Islomobodning iddaolari mustaqil ravishda tasdiqlanmadi.
Taranglik kuchayishi ortidan Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Lin Jian, Pekin har ikki tomonning ham ziddiyatlardan qochishga va muammoni muloqot yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi.
Nizo o‘rniga muloqot
Lin poytaxt Pekinda jurnalistlarga bergan bayonotida: "Afg‘oniston bilan Pokiston har doim qo‘shni bo‘lib kelganlar. Ikki davlat o‘rtasidagi masalalarni hal qilishning yagona yo'li yuzma - yuz uchrashuvlarni boshlashdir”, - dedi.
Xitoylik vakil: "Xitoy ikki mamlakatning tinch va ehtiyotkor bo'lishini, imkon qadar tezroq yuzma - yuz uchrashib, farqlarni muloqot yo'li bilan hal qilishini tilaydi", - deya gapirdi.
U Xitoy tomonining ikkala tarafdan ham xitoylik xodimlar, muassasalar va loyihalarning xavfsizligini ta'minlashni so'ragani hamda Pekin taranglikni pasaytirishga yordam berish bo'yicha sa'y - harakatlarni davom ettirishini bildirdi.
Oxirgi haftalarda chegarada taranglik kuchayib, jabrlanganlar borligi va mol - mulklarga ziyon yetkazilgani kuzatildi. Buning natijasida Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.
Qonli chegara to‘qnashuvlari
Fevral oyining oxiridan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar natijasida har ikki tomonda jami 107 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida Pokistonda 13 nafar harbiy va 5 nafar tinch aholi bor, yana bir askar bedarak yo‘qolgan.
Kobul ma’lumotlariga ko‘ra Afg‘onistonda 13 nafar harbiy va 76 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Bu raqamlar orasida dushanba kuni e’lon qilingan yangi qurbonlar kiritilmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning 26 - fevralidan 5 - martigacha bo‘lgan davrda Afg‘onistonda tinch aholidan 185 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida bilvosita o‘q otish va havo hujumlari oqibatida vafot etgan 56 kishi ham bor.
Islomobod Afg'onistonni Pokistonga qarshi koʻz qarashdagi guruhlarni panoh berishda ayblar ekan, Kobul buni rad etmoqda.
Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Vang I, Pokiston va Afg'oniston Tashqi Ishlar vazirlari bilan telefon orqali alohida - alohida suhbatlar o'tkazib, ularni ehtiyotkorlikka chaqirdi. Pekin, shuningdek, ikki tomon bilan muloqot qilish uchun maxsus elchi Yue Xiaoyongni yubordi.
Bundan tashqari Hindiston Kobuldagi muassasaga qarsh ekani ma’lum qilingan Pokiston havo hujumini keskin qoralashini ma'lum qildi.











