DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil kuchlari falastinlik bir kishiga qarshi yana o‘q uzdi
Isroil kuchlari otashkesim kelishuviga qaramay falastinlik bir kishiga qarshi o‘q uzdi va oqibati falstinlik yana bir kishi sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Isroil kuchlari falastinlik bir kishiga qarshi yana o‘q uzdi
_

Tibbiy xodimlarga ko‘ra yakshanba kuni (26.10.2025) ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus shimolidagi al - Ram shaharchasida falastinlik bir kishi Isroilning o‘q uzishi oqibatida tan jarohati oldi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati mavzu haqida bergan bayonotida, xodimlaridan biri al - Ramdagi ayrim devori yaqinida Isroil kuchlari tomonidan tan jarohati olgan falastinlik bir kishiga yordam bergani va ortidan jarohat olgan insonni shifoxonaga olib borganini bildirdi.

Hujum sabablari haqida esa hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.

Isroil armiyasi ko‘pincha Isroilda ishlash niyatida ayrim devoridan oshib o‘tishga uringan ishchilar tomon o‘q uzmoqda.

Bundan tashqari Falastinning Wafa axborot agentligi xabariga ko‘ra ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil janubidagi Baytullohga qarashli al - Minya qishlog‘ida isroillik noqonuniy ko‘chmanchilar falastinliklarga oid qishloq xo‘jaligi maydonida o‘nlab zaytun daraxtini kesib tashladi.

Yana Wafa xabariga ko‘ra nomi tilga olingan voqea noqonuniy ko‘chmanchilar zaytun daraxtlarining egalariga qarshi hujum uyushtirib, ularning qo‘llarini sindirib, ortidan Isroil armiyasi tomonidan nazorat ostiga olinishidan bir kun o‘tib qayd etildi.

Kolonizatsiya va devor qarshilik komissiyasiga ko‘ra Isroilning G‘azoga qarshi urush boshlatganidan beri (2023 - yilning oktabr oyi) noqonuniy Isroil ko‘chmanchilari G‘arbiy Sohilda falastinliklar bilan ularning mulkiga qarshi 7,000 dan ortiq hujum uyushtirgan.

Bu hujumlar orasida faqat shu oy boshidan beri zaytun teruvchilarga qarshi 158 ta hujum qayd etilgan.

O‘tgan yilning iyul oyida xalqaro adolat sudi o‘zining muhim qarorida Isroilning Falastin hududlarini bosib olishini noqonuniy deb e’lon qilar ekan, G‘arbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha ko‘chmanchilarning joylashib olgan hududlarini bo‘shatib qo‘yishi talab qildi.

Eslatib o‘tamiz:

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil tomonidan uyushtiirlgan genotsid oqibatida 68 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 170 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

 

Boxabar bo'ling!
Isroilning diaspora ishlari vaziri Chikli: Makron bizning orqamizdan pichoqladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Pokiston shimoli-g‘arbidagi halokatli terror hujumini qoraladi
Eron bosh muzokarachisi AQSHni “teatr diplomatiyasi”da aybladi
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Zelenskiy: «Havo mudofaasi uchun yetkazib berilgan raketalar soni kamaydi».
Rossiyaning raketa va dron hujumlari Kiyev atrofida 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sun’iy intellekt xakerlarga ustunlik bermoqda: O‘zimizni qanday himoya qilamiz?
Afg‘onistonda bolalar ocharchilik xavfi ostida
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi operatsiyalarni ma’qulladi
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Gazprom: Yevropadagi gaz omborlarida yuzaga kelgan taqchillik ta’minot uchun xavf tug‘dirmoqda
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Moskvada yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar soni uch nafarga yetdi
Yaponiyadagi zilzilada 30 kishi halok bo‘ldi, qidiruvlar davom etmoqda
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi
Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Pokiston shimoli-g‘arbidagi politsiya nazorat punktiga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi