Turkiya, Arab Ligasi, Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va dunyoning yana 18 ta davlati ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil ustidan Isroil tomonidan qabul qilingan va noqonuniy nazoratini tubdan kengaytiradigan bir qator oxirgi qarorlarni “eng keskin ifodalar bilan” qoraladi.
Turkiya, Braziliya, Fransiya, Ispaniya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari hamda IHT bilan Arab Ligasi dushanba kuni (23.02.2026) e’lon qilgan qo‘shma bayonotda; mazkur o‘zgarishlar keng ko‘lamli ekani, Falastin hududlarini Isroilning davlat yerlaridek qayta tasniflashi, noqonuniy aholi punktlari faoliyatini jadallashtirishi va Isroil ma’muriy boshqaruvini yanada mustahkamlashni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.
Tashqi Ishlar vazirlari, Isroil aholi punktlarini, xalqaro huquqning ochiq - oydin buzilishi sifatida baholadi. Bu borada avvalgi BMT Xavfsizlik kengashi qarorlari hamda Xalqaro Adliya Sudining 2024 - yildagi maslahat xulosasi eslatib o‘tildi.
Bayonotda «ushbu so‘nggi qarorlar maydondagi haqiqatni o‘zgartirish va qabul qilib bo‘lmaydigan amaliy anneksiyani ilgari surishga qaratilgan ochiq tendensiyaning bir qismi ekani» qayd etilib; bu qadamlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlik sa’y -harakatlariga putur yetkazishi hamda mazmunli mintaqaviy integratsiya imkoniyatlariga tahdid solishi mumkinligi ustidan ogohlantirildi.
Tashqi Ishlar vazirlari Isroil hukumatini qarorlarni zudlik bilan bekor qilishga, xalqaro majburiyatlarga rioya etishga va ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarining «huquqiy va ma’muriy maqomini» doimiy ravishda o‘zgartirishga qaratilgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
Bayonotda bu qarorlar E1 loyihasining tasdiqlanishi va tender e’lon qilinishi bilan birga Isroilning aholi punktlari siyosatidagi misli ko‘rilmagan tezlashuvning davomiy qismi ekani; bunday harakatlar Falastin davlatining yashash qobiliyati hamda ikki davlatli yechimni amalga oshirishga qaratilgan bevosita va qasddan hujum ekani ta’kidlandi.
Shu nuqtai nazardan, tashqi ishlar vazirlari 1967 - yildan beri bosib olingan Falastin hududlarining; jumladan Sharqiy Quddusning demografik tarkibi, xususiyati va maqomini o‘zgartirishga qaratilgan barcha choralarni rad etishlarini yana bir bor tasdiqlagan holda har qanday anneksiyaga qarshi ekanliklarini bildirdi.
Aholi punktlari zo‘ravonligiga chek qo‘yish
G‘arbiy Sohildagi xavotirli keskinlashuv nazarda tutilganida Isroil, Falastinliklarga qarshi ko‘chmanchilar zo‘ravonligiga barham berishga va aybdorlarni javobgarchilikka tortishga chaqirilgani ta’kidlandi. Tashqi ishlar vazirlari, ayniqsa Ramazon oyida Quddus va muqaddas maskanlarning tarixiy hamda huquqiy maqomini saqlash muhimligini ta’kidlab, takrorlanayotgan buzilishlar mintaqaviy barqarorlikka tahdid solayotganini qayd etdi.
Bayonotda: «Falastin hududlarida noqonuniy aholi punktlari kengayishiga, majburiy ko‘chirish siyosatiga va anneksiya tahdidlariga qarshi xalqaro huquq asosida aniq choralar ko‘rish borasidagi qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqlaymiz», - deyiladi.
Shuningdek, Isroil 1994 - yilgi Parij protokoli asosida Falastin ma’muriyatiga tegishli bo‘lgan va ushlab turilgan soliq tushumlarini zudlik bilan o‘tkazib berishga chaqirildi. Ushbu mablag‘lar G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Falastin aholisi uchun asosiy xizmatlarni ta’minlashda hayotiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Tashqi ishlar vazirlari adolatli, keng ko‘lamli va barqaror tinchlikka erishish borasidagi qat’iy sadoqatini yana bir bor tasdiqladi. Bayonotda Isroil - Falastin urushini 1967 - yilning 4 - iyuni kuni belgilangan chegaralari asosida, Arab tinchlik tashabbusi va tegishli BMT qarorlariga muvofiq ikki davlatli asosidagi yechim yo‘li bilan hal etish mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va integratsiya uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Bayonot yakunida: «Mintaqa xalqlari va davlatlari o‘rtasida birga yashash faqat mustaqil va demokratik Falastin davlatini barpo etish orqali mumkindir», - degan ifodalar o‘rin oldi.















