DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Eron janubiga qarshi yana hujumlar uyushtirdi
AQSh, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh kuchlari va tijoriy dengiz harakati uchun tahdid hisoblangan nuqtaga qarshi hujum uyushtirgani qayd etilmoqda.
AQSh Eron janubiga qarshi yana hujumlar uyushtirdi
_

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ommaviy axborot vositalari tomonidan amerikalik rasmiylardan biriga tayanib tarqatilgan xabarga ko‘ra, AQSh, Eron janubidagi harbiy bazani nishonga olgan yangi havo hujumlari uyushtirgan.

Nomi tilga olingan rasmiy, chorshanba kuni (27.05.2026) ABC Newsga bergan bayonotida; hujumlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh kuchlari va tijoriy dengiz harakati uchun tahdid hisoblangan nuqtaga qaratilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Eron bilan urushni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralar holati haqida gapirgan AQSh Prezidenti Donald Tramp: «Bundan mamnun emasman lekin bo‘lamiz. Yo bu amalga oshadi, yo ishni yakunlashga majbur bo‘lamiz» - degan edi.

Mintaqadagi keskinlik 28 - fevral kuni AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi kutilmaganda uyushtirilgan hujumlari bilan avj olgan edi. Shundan so‘ng Tehron, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib, mintaqadagi nishonlarga insonsiz havo transportlari va raketalar orqali javob qaytargan.

Keyingi kunlarda Pokiston o‘rtamchiligida 8 - aprel kuni otashkesim yoki sulh kuchga kirgan ammo Islomoboddagi muzokaralar to‘liq kelishuvga olib kelmagan.

Keyinchalik Tramp otashkesim muddatini uzaytirdi, strategik suv yo‘li orqali Eron portlariga kirib - chiqayotgan kemalarga nisbatan blokadani davom ettirdi va vaqti - vaqti bilan tinchlik kelishuvi yaqinlashayotgani bildirdi.