TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Armaniston BMT Bosh assambleyasida Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi
Pashinyan Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshilanganini ifoda etgan holda diplomatik munosabatlar o‘rnatish va mushtarak chegaralar ochish masalasida ijobiy fikrda ekanini bildirdi.
Armaniston BMT Bosh assambleyasida Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi
Pashinyan, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi.
28 сентябр 2025

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Nyu - Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi va bu tarixiy kelishuvga erishilish jarayonida AQSh Prezidenti Donald Trampning roli muhim ekanini ta’kidladi.

Pashinyan shanba kuni (27.09.2025) bergan bayonotda, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 8 - avgusti kuni Vashingtonda tinchlik va davlatlararo munosabatlar bo‘yicha kelishuv imzolashgani va bu jarayonga Tramp bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev guvoh bo‘lganini bildirdi.

«AQSh Prezidenti Donald Trampning bu tinchlik jarayonidagi roli hal qiluvchi ahamiyatga ega», - degan Pashinyan, Ilhom Aliyev bilan birgalikda Donald Trampni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishga kelishib olganliklarini qayd etdi.

Pashinyan, shuningdek, Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlarining yaxshilanganini ta’kidlagan holda Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi. U shuningdek, diplomatik munosabatlar o‘rnatish va mushtarak chegaralar ochish masalasida ijobiy fikrda ekanini bildirdi.

Armanistonning yana - da kengroq tashqi siyosati haqida gapirgan Pashinyan Yevropa ittifoqi, AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va mintaqadagi qo‘shnilar bilan bo‘lgan aloqalarni chuqurlashtirilishini ta’kidladi. Shuningdek, Armaniston parlamenti Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash uchun bir qonun qabul qilganini ma’lum qildi.

Pashinyan dunyo liderlarini kelasi 2026 - yili Yevropa Siyosiy hamjamiyati sammiti va BMTning Biologik xilma - xillik konferensiyasi uchun Armanistonga taklif qildi. Ungacha, Armaniston - Ozarbayjon tinchlik kelishuvi imzolanib, Armaniston - Turkiya chegarasi ochilishidan umidvor ekanini bildirdi.

 

Boxabar bo'ling!
Turkiy davlatlar umumiy alifbo yaratishga intilmoqda
Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda faol rol o'ynashga chaqirdi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 16 yoshga to‘ldi!
Ozarbayjon bilan Iroq munosabatlarini mustahkamlamoqda
Fransiyada qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan YUNESKO anjumani bo‘lib o‘tdi
Ilhom Aliyev: Hindiston Ozarbayjondan qasos olmoqchi
Rossiya Qozog‘istonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi
ShKTR josuslikda gumon qilingan greklarni nazorat ostiga oldi
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
Erdo‘g‘an bilan Aliyev Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini qo‘lga oldi
Ozarbayjon bilan Rossiya bir – biriga qarshi diplomatik tusda norozichilik bildirdi
Rossiya va Qozog‘iston atom elektr stansiyasining yo‘l xaritasi bo'yicha kelishib oldi
Rossiya Qarabog'ni Ozarbayjon hududi deb tan oldi
Oʻzbekiston BRIKSning yangi taraqqiyot bankiga aʼzo boʻladi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Lenin haykali olib tashlandi
Erdo'g'an, Ilhom Aliyev va Shahboz Sharif Lochin xalqaro aeroporti ochilishida ishtirok etadi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti rahbarining aytishicha, Suriya bo'yicha tashabbuslar Turkiya diplomatiyasining o'sishini ko'rsatadi
Turkiya va Oʻzbekiston Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etdi
Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
Qirg'iziston-Tojikiston chegara kelishuvining Markaziy Osiyo kelajagiga ta'siri