Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Isroil hujumlari ostida qolgan falastinliklarni qoʻllab - quvvatlashni davom ettirishga va’da berib, musulmonlarning Sharqiy Quddus ustidagi haqlaridan hech qachon voz kechmasligini ta’kidladi.
Erdoʻgʻan poyaxt Anqaradagi yangi Tashqi Ishlar vazirligi binosining poydevor qoʻyish marosimida mavzu haqida shuningdek, "Yer ustida bir bayroq va muhtasham bir chinor sifatida qabul qilgan Quddusu Sharifni nomahram qoʻllarning kirlatishiga yoʻl qoʻymaymiz. Gitlerga oʻxshagan shaxslarning dardi esa hech qachon tugamasligini bilaman”, - dedi.
Quddusni Makka va Madina bilan bir qatorda musulmonlar uchun muqaddas bir ma’naviy markaz sifatida ta’riflagan Erdo‘gʻan, Turkiyaning 1967 - yildagi chegaralaridan kelib chiqqan va poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin Davlati uchun bor kuchi bilan harakat qilishda davom etishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Shuningdek: “Isroilning shafqatsiz hujumlari ostida omon qolish uchun kurashayotgan Gʻazoning mazlum xalqi bilan birga boʻlishdan bizni hech kim toʻxtata olmaydi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Shaharning musulmonlar hukmronligidagi tarixiga e’tibor qaratib, nasroniylar bilan yahudiylar huquqi hurmat qilinadigan tinchlik va farovonlik oʻlkasiga aylanganini bildirgan Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiya Quddusni tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlik shahriga aylantirish uchun kurash olib borishni davom etishini ta’kidladi.
Isroilni tanqid qilish
Prezident genotsidchi Netanyaxuni qoralagan holda Isroilni mintaqadagi beqarorlikni kuchaytirayotganlikda aybladi. U mavzu haqida: “Zulm, genotsid, vahshiylik va begunoh bolalar evaziga o‘zlari uchun xavfsiz kelajak quraman deb o‘ylaganlar, shubhasiz, tarix davomida boshqa ko‘plab insonlar kabi yutqazadi, to‘kilgan qonga bo‘g‘iladi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Suriyadan Yamanga, Livandan Qatargacha isroillik qaroqchilar nishoniga aylangan xalqlar bilan birdam boʻlishga vaʼda bergan holda “Taranglikdan oziqlanayotganlar, mintaqamizni qon dengiziga aylantirmoqchi boʻlganlar va mintaqamizdagi beqarorlikni kuchaytirayotganlarga qarshi tarixda boʻlganidek bugun ham kurashishdan voz kechmaymiz”, - dedi.
Erdoʻgʻan Turkiya o‘zining milliy manfaatlarini himoya qilar ekan, ayni vaqtda birdan ko‘p inqirozni boshqarganini ham ifoda etdi. Bolqonlardan Markziy Osiyoga, Afrikadan Lotin Amerikaga va Yevropadan Osiyo - Tinch okeaniga qadar barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni ta’kidladi. Turkiya kuchli va qudratli bo‘lganlarning haq ekanini emas, kuch va qudrat xalq qo‘lida bo‘lgan bir dunyoga ishonmoqda va shunday dunyo uchun kurashmoqda”, - dedi.
Barqarorlikni saqlash, tinchlikni qoʻllab - quvvatlash, farovonlikni oshirish va birodarlikni mustahkamlashni tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari qatoriga qoʻygan Erdoʻgʻan mudofaa, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro platformalarda Turkiya huquqlarini himoya qilishda ittifoqdoshlarini qoʻllab - quvvatlaganiga e’tibor qaratdi.
Erdoʻgʻan, Tashqi Ishlar vazirligi tarixini maqtab, uni: "Turk byurokratiyasining koʻz qorachigʻi" deb ta’rifladi.
Uning ta’kidlashicha yangi vazirlik binosi ham ekologik, ham estetik jihatdan Turkiyaning global mavqeini aks ettiradi va poytaxt Anqara uchun yangi siljish boʻladi. "Talabalar kampusi bir vaqtning oʻzida turk diplomatiyasining xotirasi, buguni va kelajagini aks ettiradi", - deya gapirdi.