G'AZODA URUSH
3 daqiqa o'qish
Falastinlik oila 17 yil zoriqib kutgan farzandidan ayrildi
Isroil boshlagan urush natijasida G‘azoning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron bo‘ldi. Eng yomoni, yuz minglab falastinlik haligacha uy - joysiz va sovuq qish kunlarida chodirlarda jon saqlashga urinmoqda.
Falastinlik oila 17 yil zoriqib kutgan farzandidan ayrildi
_
25 январ 2026

Abu Hamad oilasi 17 yil farzand ko‘rishni kutdi ammo chaqaloqlari dunyoga kelganidan keyin Isroil qamali, qishning qahraton sovug‘i va atrof - muhitning cho‘kishi yoki og‘ir yashash sharoitlari uning umriga zomin bo‘ldi.

Olti oylik Yousef Abu Hamad shu hafta boshida G‘azoning janubida, Xon Yunus shahrining g‘arbida joylashgan al - Mavasiy hududida oilasi qurgan vaqtinchalik boshpanaga yaqin joyda, kuchli sovuq va kanalizatsiya suvlariga uzoq vaqt ma’ruz qolish oqibatida vafot etdi.

Yousefning o‘limi G‘azoda yashayotgan falastinliklar qish bo‘ronlari va Isroil tomonidan davom etyotgan genotsid tufayli yuzaga kelgan keng ko‘lamli ekologik vayronagarchilik yana da avj olgan sharoitlarga chidashga urinayotgan bir paytda yuz berdi.

Og‘ir sharoit ostidagi boshpanada og‘ir hayot sharoiti

Xon Yunusning sharqidagi Bani Suhayladagi uylaridan majburan ko‘chib ketgan oila Yousef bilan birga G‘azodagi kanalizatsiya infratuzilmasining yirik qismi vayron qilingani sababli toshib chiqqan ochiq oqava suv chiqarish nuqtasi yaqiniga o‘rnatilgan chodirda jon saqlar edi.

Shifokorlar chaqaloqning o‘limiga kuchli sovuq havo bilan suvsizlik sabab bo‘lgani, boshpana atrofidagi iflos oqava suvlar esa holatni yana da og‘irlashtirganini ifoda etdi.

Dekabr oyidan beri G‘azoda qayd etilgan qish bo‘ronlari, Isroil hujumlari oqibatida uy -joylarining yirik qismi vayron bo‘lgan va o‘z uy - joyidan mahrum qilingan oilalar uchun yagona jon saqlash joyi bo‘lgan chodirlarni suv ostida qoldirdi yoki yer bilan yakson qildi.

Otaning yo‘qotishi

O‘g‘lining kichik tanasini quchog‘ida ushlab turgan ota Umar Abu Hamad gapirishga qiynaldi.

U mavzu haqida: «Bu bola 17 yillik azob va kutishdan keyin dunyoga keldi. Olti nafar qizimiz bor, bu esa yagona o‘g‘limiz edi», - dedi.

Abu Hamad so‘nggi oylar davomida bolalar oziq - ovqati va tagliklar uchun qilgan ko‘plab murojaatlari javobsiz qolgani; harorat pasayib, yashash sharoitlari yomonlashgani sayin chaqalog‘i tobora himoyasiz bo‘lib borganini ifoda etdi.

Bolalarning azobi

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi 20 - yanvar kuni bergan bayonotida qish mavsumi boshlanganidan buyon sovuq havo harorati tufayli to‘qqiz nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Yousefning o‘limi bilan bu raqam 10 nafarga yetdi. Falastinlik rasmiylar boshpana, isitish va sanitariya yetishmovchiligi davom etar ekan, yana ko‘plab bolalar xavf ostida ekanini ta’kidlashmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra G‘azo bo‘ylab kanalizatsiya suvlari ko‘chalar va chodir lagerlarini bosib ketgan; bu esa ko‘chirib yuborilgan oilalar orasida ichak va teri kasalliklarining tarqalishiga yo‘l ochmoqda.

Tanasi ko‘karib ketgan edi

Yousefning buvisi Ummu Muhammad kechasi chaqaloq sovuqdan tanasi ko‘karib ketgani haqidagi qo‘ng‘iroqdan keyin butun oila bilan shifoxonaga yugurganliklari haqida gapirdi.

U o‘z so‘zida: «Yetib borganimizda u allaqachon hayotdan ko‘z yumgan edi», - dedi.

Oila a’zolari Nosir shifoxonasida kafanga o‘ralgan chaqaloq tanasida haddan tashqari sovuq havoga ma’ruz qolishning izlari yaqqol namoyon ekaniga e’tibor qaratdi. Yousefda bo‘lgan ich ketishi ham suvsizlikka olib kelgani aytildi.

Atrof - muhitning cho‘kishi yoki og‘ir hayot sharoiti

G‘azo hukumati Media ofisi Isroil hujumlari G‘azodagi harbiy bo‘lmagan infratuzilmaning qariyb 90 foizi, jumladan 700 ming metrdan ortiq kanalizatsiya liniyalarini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Rasmiylar bu holat ekologik falokatni qo‘zg‘atishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Munisipalitetlar jiddiy yoqilg‘i tanqisligi bois qolgan suv va oqava suv nasos stansiyalari zo‘rg‘a ishlayotganidan ogohlantirmoqda; qish davom etar ekan, bu jamoat salomatligiga yana da katta xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Abu Hamad oilasi uchun bu og‘ir hayot sharoitning badali nihoyatda shaxsiydir.

Ularning 17 yil kutgan o‘g‘illari atigi olti oy yashadi.

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasi olib borgan hujumlar natijasida, asosan ayollar va bolalardan iborat falastinlik 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi; 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi va G‘azo vayronaga aylandi.

O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabrida boshlangan otashkesimga qaramay Isroil hujumlarini davom ettirdi; G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra bu davrda falastinlik 477 kishi o‘ldirildi va 1 ming 300 nafar inson tan jarohati oldi.