IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi
Turkiyaning quruqlikdagi transport vositalari ishlab chiqaruvchisi Katmerjiler, Istanbulda uyushtirilgan Turkiyaning eng nufuzli mudofaa sanoati yarmarkasida minaga chidamli HIZIR avtomobili va noyob insonsiz quruqlik vositasini namoyish etadi.
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi
22 июл 2025

Turkiyaning quruqlikdagi transport vositalari ishlab chiqaruvchisi Katmerjiler, shu hafta Istanbulda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro Mudofaa sanoati koʻrgazmasida (IDEF - 2025) yengil taktik avtomobili «EREN» 4x4 uchun Malayziya bilan shartnoma imzolashini e’lon qildi.

Katmerjiler IDEF - 2025da minaga chidamli, pistirmaga qarshi himoyalangan personal tashuvchi HIZIR va Uzoqdan boshqariluvchi qurol platformasi hamda Kuzatuv tizimi (UKAP) bilan jihozlangan, mahsulotning Turkiyadagi yagona namunasi O - IKA 2 insonsiz quruqlik vositasining maxsus versiyasi bilan ishtirok etadi.

HIZIR oʻzining chidamli, V shaklidagi monokok korpusi va energiyani yutuvchi oʻrindiqlari tufayli minalar va qoʻlda yasalgan portlaguvchi moddalarga qarshi himoya qiladi. Avtomobil ham qishloq ham shahar joylardagi shiddatli jangovar sharoitlarda nihoyatda faol xizmat bergan 400 ot kuchiga ega dvigatelga egadir. Masofadan boshqariladigan qurol tizimi oʻzini harakatlanuvchi nishonga moʻljallay olishi mumkin.

HIZIR 9 nafar xodimni tashiy oladi, soatiga 120 kilometr tezlikka erishib, sanoat lideri boʻlgan 70% koʻtarilish qobiliyati bilan ishlaydi.

Shu bilan birga, Katmerjilerning birinchi insonsiz quruqlikdagi avtomobil kontseptsiyasi UKAP, Katmerjiler va Aselsan kabi ikki turk mudofaa sanoati kompaniyasi texnologiyalarini birlashtirar ekan Aselsanning SARP masofadan boshqariladigan qurol tizimi va sun’iy yoʻldosh aloqa tizimi bilan jihozlanmoqda.

UKAP 60% koʻtarilish quvvatiga va 40% yon bagʻirga ega boʻlib, 900 millimetrlik xandaqni kesib, 400 millimetrlik vertikal toʻsiqni bosib oʻta oladi va 1 metrik tonnagacha yuk koʻtara olish qobiliyatiga ega.

Termal, mobil kameralar va datchiklar bilan jihozlangan UKAP platformasi keng ko‘lamli funksiyalarga ega. U chegara va razvedka mashinasi sifatida xizmat bera olar ekan ayni vaqtda minalardan tozalash missiyasini bajara oladi. Yarador xodimlarni mojaro zonalaridan evakuatsiya qilish, zarur bo‘lganda yuk, o‘q - dorilar va jihozlarni olib chiqish uchun o‘q o‘tkazmaydigan bo‘limiga ega qutqaruv mashinasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Katmerjiler Bosh direktori oʻrinbosari Furkan Katmerjining Anadoʻlu agentligiga ma’lum qilishicha, firma IDEF - 2025 davomida Istanbulda Malayziyaning DEFTECH kompaniyasi bilan EREN 4x4 uchun yangi hamkorlik shartnomasini rasmiylashtiradi va ikkala kompaniyaning bosh direktorlari imzolash marosimida ishtirok etadi.

Boxabar bo'ling!
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi