TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Ozarbayjonda Davlat bayrog‘i kuni nishonlanmoqda
Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliyev, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xalqni Davlat bayrog‘i kuni bilan tabrikladi.
Ozarbayjonda Davlat bayrog‘i kuni nishonlanmoqda
_

Ozarbayjonliklar uch rangli davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — Davlat bayrog‘i kunini nishonlamoqda.

Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliyev, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xalqni Davlat bayrog‘i kuni bilan tabrikladi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilingan ushbu tabrik xabarida quyidagi so‘zlar keltirildi:

«Moviy, qizil va yashil ranglari bilan milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan muqaddas bayrog‘imiz ozod va mustaqil Ozarbayjon osmonida hamisha g‘urur bilan hilpirab turadi».

Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan poytaxt Boku shahrida harbiy xizmatchilar ishtirokida tantanali yurishlar tashkil etildi.

Harbiy orkestrlar jo‘rligida o‘tkazilgan yurishlarda harbiy xizmatchilar shahar markazidagi ko‘cha, xiyobon va maydonlardan o‘tib, belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlandi.

Ozarbayjon bayrog‘i 1918 - yilning 9 - noyabri kuni Ozarbayjon Respublikasi hukumati yig‘ilishida qabul qilingan edi.

Sovet ittifoqi parchalanishi natijasida mustaqillikka erishgan Ozarbayjon, 1918 - yilda qabul qilingan bayroqni 1991 - yili yana davlat bayrog‘i sifatida tasdiqlagan.

Mamlakatda 9 - noyabr 2009 - yili Prezident farmoni bilan Davlat bayrog‘i kuni deb e’lon qilinib, rasmiy dam olish kunlari qatoriga kiritilgan.