Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Lyuksemburgda Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Jean -Noel Barrot va Yevropa ittifoqining kengayish bo‘yicha komissari Marta Kos bilan uchrashdi.
Anqara tomonidan dushanba kuni (20.10.2025) turk ijtimoiy tarmog‘i «NSosyal» platformasi orqali berilgan bayonotga ko‘ra Hakan Fidan Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar kengashi doirasida uyushtirilgan Mintaqalararo xavfsizlik va aloqalar bo‘yicha vazirlar yig‘ilishi doirasida oliy darajali rasmiylar bilan uchrashdi.
Turkiya 1999 - yildan buyon Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish uchun rasmiy ravishda nomzoddir va aʼzolik boʻyicha muzokaralar 2005 - yilda boshlangan boʻlishiga qaramay oxirgi yillarda umuman toʻxtab qoldi.
Turk rasmiylari Yevropa ittifoqini muzokaralarni jonlantirishga, Turkiyaga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishi kerakligiga va mamlakatning muhim strategik hamda xalqaro ahamiyati tan olinishi zarurligiga chaqirmoqda.


























