DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya hujumida ukrainalik uch kishi halok bo‘ldi
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi uyushtirilgan hujumda uch kishi halok bo‘ldi, ulardan bir nafarining yosh bola ekani aniqlandi.
Rossiya hujumida ukrainalik uch kishi halok bo‘ldi
_
3 соат олдин

Ukraina mahalliy rasmiylari Rossiya tomonidan qo‘l urilgan hujumlar natijasida Kiyevda uch kishi halok bo‘lgani va ulardan birining yosh bola ekani; halok bo‘lganlardan tashqari tan jarohati olganlar ham borligi ma’lum qilindi.

Kiyev meri Vitaliy Klichko payshanba kuni (16.04.2026) erta tongda Telegram orqali bergan bayonotida, halok bo‘lganlar orasida Obolonskiy tumanida tez yordam talabiga javob berayotgan paytda vayronalar ostida qolib ketib jarohat olgan to‘rt nafar tibbiy xodim ham borligiga e’tibor qaratdi.

Klichko olti kishi shifoxonaga yotqizilgani, boshqalarga esa ambulator yordam ko‘rsatilganini bildirdi.

Hujumlar turar - joy hududlariga katta ziyon yetkazdi. Podilskiy tumanida 16 qavatli binoning oltinchi qavatiga raketa bo‘laklari kelib tushgan.

Klichko shahar bo‘ylab turar - joy sifatida foydalanilmagan binolar va transport vositalarida yong‘inlar yuzaga kelgani sababli favqulodda xizmatlar ish olib borayotganini bildirdi.

Rossiyaning Dneprdagi hujumlarida esa kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Viloyat ma’muriyati rahbari Oleksandr Ganzha Telegram orqali: «Dneprga qarshi uyushtirilgan Rossiya hujumida bir kishi halok bo‘ldi», - deb yozib qoldirdi.

O‘zaro ayblovlar

Ayni paytda, Rossiya Ukrainani mamlakat janubidagi Krasnodar kray hududiga qarshi uyushtirilgan hujumda ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lganlikda aybladi.

Viloyat gubernatori Veniamin Kondratyev Telegramda: «Tuapsedagi turar - joy binolariga qarshi uyushtirilgan terrorchi dron hujumi oqibatida 5 va 14 yoshli ikki nafar bola halok bo‘ldi» - deb yozdi.

Hafta oxiri davomida har ikki tomon ham bir - birini 32 soatlik Pasxa sulhini buzganlikda aybladi.