Ukrainalik rasmiylardan biri Ukraina sharqida joylashgan Bogoduxiv shahriga qarshi uyushtirilgan Rossiya hujumi natijasida 4 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ulardan uch nafari yosh bola ekani aniqlandi.
Hududiy harbiy vakillardan Oleg Sinegubovga ko‘ra Rossiya hujumi oqibatida bir yashar ikki nafar o‘g‘il bola bila ikki yoshar bir nafar qizaloq hayotdan ko‘z yumgan.
Sinegubov Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, yuqorida nomi tilga olingan yosh bolalar bilan uydagi 34 yoshli bir erkak kishi ham olgan jarohati ortidan halok bo‘lgan. Xuddi shu hujumda tan jarohati olgan 74 yoshli ayol esa, hozirda tibbiy yordam olayotgani qayd etildi.
Bogoduxiv, Rossiya kuchlari so‘nggi paytlarda transport va energetika infratuzilmasiga qarshi hujumlarini kuchaytirgan Xarkiv viloyatida joylashgan.
Shu bilan birga, viloyat gubernatori Andrey Bocharov chorshanba kuni Rossiya janubidagi Volgograd viloyatida kechasi amalga oshirilgan dron hujumi sanoat obyekt hududida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganini ifoda etdi. U Telegram orqali: “Rossiya Mudofaa vazirligining havo mudofaa kuchlari Volgograd viloyatidagi energetika va harbiy bo‘lmagan infratuzilma obyektlariga qarshi insonsiz havo transportlari orqali amalga oshirilgan ommaviy terror hujumini qaytarmoqda”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bocharov, hujum natijasida turar - joy binosidagi bir xonadonga ziyon yetgani va dron bo‘laklari bolalar bog‘chasi hududiga ham tushgani ammo hozircha qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini o‘z so‘ziga ilova qildi.










