YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
Tadmordagi portlashda 1 kishi halok bo‘ldi
Tadmordagi bomba portlashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi.
Tadmordagi portlashda 1 kishi halok bo‘ldi
_

Suriyaning Hums viloyatiga qarashli Tadmor (Palmira) shahrida temir - tersak yig‘uvchi shaxsning qopidan topilgan bomba portlashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi.

Suriyaning rasmiy al - Ixbariya telekanaliga gapirgan xavfsizlik manbasi, portlash Tadmor tumani boshqarmasi binosi oldida sodir bo‘lganini bildirdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, bomba temir- tersak yig‘uvchi shaxsning qopidan topilgan. Portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan.

Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.