TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya TIV rahbari Qora dengiz xavfsizligi bo'yicha xalqaro tadbirda ishtirok etadi
Hakan Fidan xalqaro tadbir doirasida YI komissari va besh davlat vazirlari bilan uchrashadi
Turkiya TIV rahbari Qora dengiz xavfsizligi bo'yicha xalqaro tadbirda ishtirok etadi
Hakan Fidan / TRT Nihongo

Hakan Fidan Qora dengiz xavfsizligi va mintaqalararo hamkorlikka bag‘ishlangan sessiyalarda qatnashadi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan xalqaro tadbir doirasida Yevropa Ittifoqi komissari hamda bir qator davlatlarning tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif dasturi doirasida vazir Hakan Fidan “Mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik” hamda “Qora dengiz mintaqasiga qaratilgan xavfsizlik majburiyatlarini ilgari surish” mavzularidagi muhim sessiyalarda ishtirok etadi. Ushbu yig‘ilishlarda mintaqaviy transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirish va Qora dengiz havzasida barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yuqori darajadagi ikki tomonlama muzokaralar

Bundan tashqari, vazir Hakan Fidanning tadbir doirasida qator rasmiylar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. Xususan, Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari quyidagi rasmiylar bilan muzokaralar olib boradi:

  • Marta Kos — Yevropa Komissiyasining Kengayish masalalari bo‘yicha komissari;

  • Yoxann Vadeful — Germaniya Tashqi ishlar vaziri;

  • Dan Nekulaesku — Ruminiya Tashqi ishlar vaziri;

  • Kris Fern — Malta Tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri;

  • Mixail Popshoy — Moldova Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri.

Uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.