Sharqiy Fransiyaning Tomblen shahri yaqinida parashyutchilarni olib ketayotgan fuqarolik samolyoti halokatga uchradi. Natijada bortdagi 11 kishining barchasi halok bo‘ldi. Bu mamlakat tarixidagi eng og‘ir aviatsiya halokatlaridan biri sifatida qayd etildi.
Meurthe-et-Moselle departamenti prefekti Iv Segining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida 5 nafar instruktor, 5 nafar shogird va uchuvchi bo‘lgan. Yerda bo‘lgan boshqa shaxslar jabrlanmagan.
Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan samolyot Nansi-Essey aerodromi yaqinidagi ochiq maydonga qulagan. Hozircha halokat sabablari noma’lum, prokuratura tomonidan texnik surishtiruv ishlari boshlandi.
Aerodromda qurbonlarning yaqinlari va guvohlarga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda. Politsiya aholini xavfsizlik va favqulodda xizmatlar erkin harakatlanishi uchun hodisa joyidan uzoqroq yurishga chaqirdi. Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunez voqea joyiga tashrif buyurishi kutilmoqda.









