NATO Bosh kotibi Mark Rutte 7 – 8 iyul kunlari o‘tkaziladigan Anqara sammiti, ittifoqchilarning o‘z majburiyatlarini bajarishiga qaratilishini bildirdi.
Rutte hozirgi xavfsizlik muhiti ancha xavfli ekanini ifoda etib, shu sababli NATO ittifoqchilarining xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishi nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi.
Rutte, Rossiya Yevropa va Atlantika xavfsizligi uchun haligacha «eng katta tahdid» ekanini bildirib; ittifoqchilar ayni vaqtda kiberhujumlar va sabotaj kabi tahdidlarga ham duch kelayotganini qayd etdi.
Svetsiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda ittifoqchilarning asosiy kun tartibi masalalari orasida Ukraina va Yaqin Sharq bo‘lishiga ishora qilgan Mark Rutte, Ho‘rmuz bo‘g‘zoi masalasida ittifoqchilar harakatga o‘tganini ta’kidladi.
Ruttening aytishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi xalqaro suvlarda erkin sayohat qilish va global savdoga to‘g‘ridan - to‘g‘ri hujum hisoblanadi. Hozirning o‘zida ko‘plab davlat xalqaro suvlarda erkin sayohat qilishni ko‘zlagan rejalar atrofida birlashgan.
NATO Bosh kotibi asosiy masala amaliy harakat ekanini ta’kidlab, NATOning to‘g‘ridan -to‘g‘ri ishtirokiga oid ayrim norasmiy muhokamalar olib borilayotgani va vaziyat dinamik ekanini bildirdi.
Rutte ittifoqchilar Gaaga sammitida mudofaa xarajatlari bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilganini yodga solib, mavzu haqida shunday dedi:
«Shu bois Anqara sammiti ittifoqchilarning o‘z majburiyatlarini bajarishiga qaratiladi. Endi masala ko‘proq ish qilishimiz kerakmi yoki yo‘q degan savolda emas. Asosiy savol — ittifoqchilar o‘z majburiyatlarini imkoniyatlarga qanchalik tez aylantira olishidadir».














