DUNYO
1 daqiqa o'qish
Lavrov: AQSH "Shimoliy oqim" gaz quvurlarini nazorat qilmoqchi
Rossiyaning eng yuqori martabali diplomati Amerika Qoʻshma Shtatlari "Shimoliy oqim" liniyalarini egallab olish orqali jahon energiyasida hukmronlik oʻrnatishga urinayotganini iddao qildi.
Lavrov: AQSH "Shimoliy oqim" gaz quvurlarini nazorat qilmoqchi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Eron va Venesueladagi aralashuvini energetika bozoridagi maqsadlarga misol qilib koʻrsatdi. [Arxiv fotosi] / Reuters
27 март 2026

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHning 2022-yil sentyabr oyida sirli portlash oqibatida zarar koʻrgan Boltiq dengizidagi "Shimoliy oqim" tabiiy gaz quvurlari ustidan nazorat oʻrnatishga intilayotganini aytdi.

Uch yildan koʻproq vaqt oldin quvurlarni ishdan chiqargan portlashlar, Rossiya yetkazib berishni allaqachon toʻxtatib qoʻygan boʻlsa-da, rus gazining Yevropaga oʻtishini butunlay kesib qoʻygan va qitʼadagi energiya taʼminotini qisqartirgan edi. Rossiya ham, Gʻarb oʻlkalari ham bu voqeani qasddan qilingan buzgʻunchilik (sabotaj) deb baholagan. Tergovchilar ushbu voqea ortida kim turganini aniqlash uchun yillar sarfladi va oʻtgan yili Italiyada hujumlarni uyushtirishda gumonlanib bir ukrainalik qoʻlga olindi.

Payshanba kuni "France Televisions" telekanaliga bergan suhbatida Lavrov AQSHni jahon energiya bozorlarida hukmronlik qilishga urinishda aybladi. Bunga misol sifatida Vashingtonning Venesuela va Erondagi neft zaxiralari ustidan oʻrnatgan nazoratini koʻrsatdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan suhbat matniga koʻra, Lavrov: "Amerika Qoʻshma Shtatlari endi 'Shimoliy oqim' quvurlarini oʻz tasarrufiga olishni xohlayotganini aytmoqda", dedi. Biroq Lavrov ushbu masala boʻyicha batafsil maʼlumot bermadi.

"Wall Street Journal" nashri 2024-yilda amerikalik sarmoyador Stiven Linch hali bitta liniyasi butun boʻlgan "Shimoliy oqim 2" loyihasini sotib olishga urinayotgani haqida xabar tarqatgan