TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonni Qorabog‘dagi yutuqlari bilan tabriklab, Armaniston va Ozarbayjonni tinch va barqaror kelajakni birgalikda qurishga chaqirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Erdogan praises Azerbaijani and Armenian leaders’ constructive steps and calls for lasting peace in Caucasus region. / AA

Shanba kuni Bokuda so‘zlagan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkiyaning Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida doimiy tinchlikka erishish yo‘lidagi chaqiriq va qo‘llab-quvvatlovini yana bir bor takrorladi.

Qorabog‘dagi g‘alabaning besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Erdo‘g‘an, Armanistonning 30 yillik bosqinining tugashini “Kavkaz uchun burilish nuqtasi” deb atadi.

Erdo‘g‘an ozodlik nafaqat katta adolatsizlikni tugatganini, balki mintaqaviy barqarorlik uchun “yangi davr”ni boshlab berganini aytib, barcha tomonlarni bu g‘alabani doimiy tinchlikka aylantirishga chaqirdi.

“Biz nafrat saqlamaymiz, o‘tmishdagi og‘riqlar yana takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz,” dedi Erdo‘g‘an va urushdan keyingi davrni Kavkazda doimiy tinchlik sari muhim bir bosqich sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Hamkorlikni mustahkamlash

Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Armaniston bilan tinchlik bitimiga erishish yo‘lidagi “samimiy sa’y-harakatlarini” olqishlab, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning “konstruktiv qadamlari”ni ham e’tirof etdi.

“Umid qilamizki, bu ulug‘vor g‘alaba ikki yetakchining oqilona yondashuvi bilan mintaqada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlaydigan doimiy bitim bilan yakun topadi,” dedi Erdo‘g‘an va Turkiya bu jarayonni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Qorabog‘ urushida jang qilgan ozarbayjonlik askar va faxriylarning “qahramonona kurashini” chuqur hurmat bilan yodga oldi.

Prezident Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi g‘alaba “mintaqadagi geosiyosiy muvozanatni o‘zgartirganini” aytib, Turkiya Ozarbayjonning taraqqiyotidan faxrlanishini bildirdi.

Prezident, ikki mamlakat o‘rtasidagi tobora rivojlanayotgan aloqalarga to‘xtalar ekan, tabiiy gaz quvurlari va transport yo‘laklari kabi yirik energetika loyihalari Turkiya-Ozarbayjon hamkorligini yanada kuchaytirayotganini ta’kidladi.

 

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSHga boradi
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi