Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya shimoli-sharqida 6,7 ballik zilzila yuz berdi. Yaponiya Meteorologiya Agentligi (JMA) keyinchalik tsunami bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.
JMA dastlabki bahosini 6,5 dan 6,7 ga yangilab, juma kuni bergan bayonotida shimoliy Tinch okeani qirg‘oq hududlariga balandligi bir metrga (uch fut) yetishi mumkin bo‘lgan tsunami to‘lqinlari urilishi ehtimoli borligi haqida ogohlantirdi.
Zilzila ushbu hududda bir necha kun avval sodir bo‘lgan 7,5 ballik kuchli zilziladan so‘ng, mahalliy vaqt bilan soat 11:44 da (GMT bo‘yicha 02:44) qayd etildi.
Bir kun avval ham hududda 5,9 ballik yana bir zilzila ro‘y bergan edi.
Rasmiylar 7,5 ballik zilziladan keyin yaqin kunlarda hududda shunga o‘xshash yoki undan ham kuchliroq zilzila yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Hukumat minglab fuqarolarni ehtimoliy evakuatsiyaga tayyor turishga chaqirdi.













