Turkiya Statistika instituti (TUIK) aprel oyiga oid sanoat ishlab chiqarish indeksi ma’lumotlarini e’lon qildi.
Shunga ko‘ra, kalendar ta’siridan xoli qilingan sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga o‘sdi.
Shu tariqa indeks yillik hisobda so‘nggi 8 oy ichidagi eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi. Indeks oxirgi marta 2025 yil avgust oyida 7,1 foizga oshgan edi.
Sanoatning quyi tarmoqlari tahliliga ko‘ra, aprel oyida konchilik va karer qazib olish sektori indeksi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,8 foizga kamaydi.
Bunga qarshi ravishda, ishlab chiqarish sanoati indeksi 6,8 foizga, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va iqlimlashtirish ishlab chiqarish hamda taqsimlash sektori indeksi esa 1,8 foizga oshdi.
Mavsumiy va kalendar ta’sirlaridan tozalanmagan sanoat ishlab chiqarish indeksida ham yillik hisobda 9,7 foizlik o‘sish qayd etildi.
















