DUNYO
1 daqiqa o'qish
Saudiya Arabistonining ayrim shaharlaridagi xavflardan aholi ogohlantirildi
Saudiya Arabistoni Harbiy bo‘lmagan mudofaasi mamlakat janubidagi Xamis Mushayt, Abha, Jazan va Najron shaharlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan aholini ogohlantirdi.
Saudiya Arabistonining ayrim shaharlaridagi xavflardan aholi ogohlantirildi
_

Saudiya Arabistoni Harbiy bo‘lmagan mudofaasi Bosh boshqarmasi mamlakat janubidagi Xamis Mushayt, Abha, Jazan va Najron shaharlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogohlantirib, tegishli bayonot e’lon qildi.

Harbiy bo‘lmagan mudofaasi Bosh boshqarmasi tomonidan «X» ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda Xamis Mushayt, Abha, Jazan va Najron shaharlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirildi.

Bayonotda mintaqadagi fuqarolar va aholi vakillarining hayoti hamda mol - mulkini himoya qilish maqsadida favqulodda vaziyat protokollariga rioya qilishlari, vakolatli idoralarning ko‘rsatma va ogohlantirishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari muhim ekani ta’kidlandi.

Biroq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfning turi yoki tafsilotlari haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasining Yamanda hutiylarga qarshi harbiy uyushtirilgan amaliyotlariga javob tariqasida hutiylar tez - tez Saudiya Arabistonining chegara hududlari va janubiy viloyatlarini nishonga oladi.

Mintaqadagi harbiy obyektlar va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim infratuzilma obyektlari vaqti - vaqti bilan Yaman hududidan uchirilgan insonsiz havo transportlari (IHT) va ballistik raketalar yordamida hujumlarga uchramoqda.