TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Xitoy hamkorlikni rivojlantirmoqchi
Jevdet Yilmaz Istanbulda Xan Chjen bilan uchrashdi.
Turkiya bilan Xitoy hamkorlikni rivojlantirmoqchi
_

Turkiya Respublikasi vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz Xitoy Xalq Respublikasi Davlat raisi o‘rinbosari Xan Chjen bilan uchrashdi.

Jevdet Yilmaz NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv samarali kechganini ma’lum qilgan holda mavzu haqida:

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida iqtisodiyot va savdo, transport bog‘liqligi, turizm, mudofaa sanoati, fan va texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlarni muhokama qildik.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan o‘zaro manfaatlar asosida iqtisodiy aloqalarimizni yanada muvozanatli va barqaror shaklga keltirish, mavjud hamkorlik mexanizmlarimizni yanada samarali ishlatish muhim degan fikrdaman.

Hurmatli Xan Chjenga samimiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman» - degan ifodalarga o‘rin berdi.