G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Kats G‘azoning vayron qilinishidan mamnun ekanini qayd etdi
Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats G‘azoning vayron qilinishidan mamnun ekanini qayd etdi.
Kats G‘azoning vayron qilinishidan mamnun ekanini qayd etdi
_

Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats qamal ostidagi G‘azoda yuz bergan keng ko‘lamli vayronagarchilikni ko‘rish shaxsini yaxshi his qildirayotganini ifoda etdi va bu holatni tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan “ataylab olib borilgan siyosat” natijasi deb baholadi.

Dushanba kuni Isroilning Channel 14 kanali orqali namoyish etilgan G‘azo shimolidagi tashrifi chog‘ida Kats, hududda harbiy ahamiyatga ega uchta aholi punkti bazasini barpo etish rejalari haqida ham ma’lumot berdi.

G‘azodagi vayronagarchilikni kuzatar ekan, o‘zini qanday his qilayotgani haqidagi savolga Kats: “Yaxshi hissiyot, shunday emasmi?” - deya javob berdi. U bu vayronagarchilik tahdidlarni yo‘q qilishga qaratilgan “ataylab olib borilgan siyosat” natijasi ekanini iddao qildi.

Katsning aytishicha, Isroil avval qo‘llab kelgan vaqtinchalik va hujumkor bosqinlar strategiyasidan voz kechgan. U bu borada: “Armiya endi kirib - chiqmaydi, balki ichkarida qoladi. Terrorchilar tashqarida, uylar esa vayron qilingan holatda” - dedi.

G‘azoda doimiy yahudiy manzilgohlari

Channel 14 telekanali xabariga ko‘ra tashrifning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri Katsning G‘azoning shimolida doimiy yahudiy manzilgohlarini barpo etish taklifi bo‘ldi.

Katsning so‘zlariga ko‘ra Isroil 2005 - yili G‘azodan chiqib ketishidan avval hududning shimolida mavjud bo‘lgan nuqtalarda uchta Nahal harbiy tayanch punktini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Nahal bazalari tarixan keyinchalik fuqarolik manzilgohlariga aylantiriladigan yangi aholi punktlarini barpo etish uchun tashkil etilgan harbiy tuzilmalar sifatida tanilgan.

Kats bu qadam “xavfsizlik” nuqtayi nazaridan zarur ekanini ta’kidlab, vaqti kelganda u Isroil nazoratini mustahkamlashi hamda yaqin atrofdagi aholi punktlarining “mudofaasi”ni kuchaytirishini ilgari surdi.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan buyon qamal ostidagi G‘azoda olib borayotgan genotsid davomida, asosan ayollar va bolalardan iborat 73 ming nafardan ortiq falastinlikni o‘ldirdi; 173 ming nafardan ziyod kishini yaraladi. Shuningdek, hududning yirik qismini vayronaga aylantirib, deyarli butun aholini o‘z yashash joylarini tark etishga majbur qildi.