Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer juma kuni bo'lib o'tgan telefon muloqotida o'zaro aloqalar bilan bir qatorda mintaqaviy va global masalalarni ham muhokama qildi.
Erdo'g'an Starmerga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu yilgi Bosh Assambleyasi Falastinda ikki davlat yechimi yo'lidagi sa'y-harakatlarni ilgari surishda foydali ekanini aytdi.
Buyuk Britaniyaning Falastinni davlat sifatida tan olish qarori bilan Starmerni tabriklagan Erdo’g’an, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Falastinni tan olishining “tarixiy voqea” ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdog'an, Falastinni qo'llab-quvvatlash tezligini saqlab qolish kerakligini, Netanyahu hukumatini to'xtatish uchun diplomatik bosimdan tashqari chora-tadbirlar ko'rish kerakligini bildirdi.
Buyuk Britaniya yakshanba kuni Falastin davlatini rasman tan oldi va bu qadamni qo'ygan 150 dan ortiq mamlakatlarga qo'shildi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi oldidan qilgan videomurojaatida “Yaqin Sharqda terrorning kuchayishi fonida biz tinchlik va ikki davlat yechimi imkoniyatlarini saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz”, dedi.
Starmer, tinchlikka faqat " Xavfsiz Isroil va hayotga qodir Falastin davlati"ni barpo etish orqali erishilishi mumkinligini ta'kidlab, "Hozirda biz ikkalasiga ham ega emasmiz" degan xulosaga keldi.