DUNYO
2 daqiqa o'qish
Sulh buzilishlari davom etar ekan, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 9 kishi halok bo‘ldi
Muhabarat hududidagi turar joy binosiga uyushtirilgan havo hujumida Hasan Rabah Labid, uning rafiqasi Manar va farzandlari Muhammad, Rahaf hamda Tamimdan iborat bir oila halok bo‘ldi.
Sulh buzilishlari davom etar ekan, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 9 kishi halok bo‘ldi
Otashkesimga qaramay, Isroil zarbalari G'azoda kamida to'qqiz falastinlikni o'ldirdi. (Foto: ARXIV) / AA

Amaldagi sulh bitimiga qaramay, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan yangi havo hujumlari oqibatida, bolalar ham bo‘lgan kamida 9 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.

Ash-Shifo shifoxonasidagi manbaning ma’lum qilishicha, Isroil hujumlari natijasida G‘azodagi to‘rtta turar joy nishonga olingan va qurbonlar qayd etilgan.

Manbalarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari va vertolyotlari bir vaqtning o‘zida G‘azoning g‘arbiy va shimoliy hududlaridagi uylarni nishonga olgan. Hujumlar Shati qochqinlar lageri, Shayx Ridvon mahallasi, Tal al-Havo tumani va Muhabarat hududida amalga oshirilgan.

Eng qonli hujum Muhabarat hududidagi Labidlar yashagan ko‘p qavatli binoning to‘rtinchi qavatiga uyushtirildi. Oqibatda Hasan Rabah Labid, rafiqasi Manar va uch farzandi Muhammad, Rahaf hamda Tamim halok bo‘ldi.

Oiladagi 9 yoshli qizaloq Hala esa vayronalar ostidan yengil jarohatlar bilan qutqarib olindi.

Manbalar Tal al-Havo mahallasidagi bir xonadonga uyushtirilgan hujumda ikki falastinlik halok bo‘lganini, shuningdek Shati qochqinlar lageridagi Muhanna oilasi uyiga va Shayx Ridvon yaqinidagi Abu Amin chorrahasi atrofidagi turar joyga qilingan hujumlarda yana kamida ikki kishi hayotdan ko‘z yumganini bildirdi.

Bundan tashqari, Nosir shifoxonasi Mavasi hududiga avvalroq uyushtirilgan Isroil bombardimoni oqibatida og‘ir yaralangan bir ayol vafot etganini ma’lum qildi.

Keng ko‘lamli vayronagarchilik

Isroil bombardimonlari bilan bir vaqtda, Isroil kuchlari nazorat ostidagi shimoliy va janubiy hududlarda keng ko‘lamli buzish amaliyotlarini ham davom ettirdi.

Guvohlarning aytishicha, Isroil armiyasi janubdagi Xon Yunis shahrining sharqida kamida 10 ta bino va inshootni buzib tashlagan. Shuningdek, G‘azoning sharqiy mahallalarida yana ikki buzish amaliyoti amalga oshirilgan.

2023-yil 8-oktabrdan buyon Isroilning G‘azoga qarshi harbiy amaliyotlari natijasida, asosan ayollar va bolalardan iborat qariyb 73 ming falastinlik halok bo‘lgan, 173 mingga yaqin kishi yaralangan. Hudud infratuzilmasining taxminan 90 foizi vayron qilingan.

2025-yil 10-oktabrda e’lon qilingan sulh bitimiga qaramay, Isroil hududga gumanitar yordam kirishini cheklash va kundalik bombardimonlarni davom ettirish orqali harbiy amaliyotlarini sürdürmoqda. Sulh davrida ham, asosan ayollar va bolalardan iborat 936 falastinlik halok bo‘lgan, 2 ming 903 kishi yaralangan.

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi