Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9-may — Yevropa kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida Yevropa integratsiyasining poydevorini qo‘ygan Shuman deklaratsiyasi e’lon qilingan 9-may Yevropa kuni tinchlik, hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan umumiy kelajakni barpo etish maqsadining aniq ifodasi ekanini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an bugungi kunda Yevropa Ittifoqi asoslangan qoidalar bir vaqtning o‘zida ko‘p qirrali inqirovlar sinovidan o‘tayotganiga e’tibor qaratib, quyidagilarni qayd etdi:
“Yevropa integratsiyasining asosini tashkil etgan Shuman deklaratsiyasi e’lon qilingan 9-may Yevropa kuni nafaqat Yevropa Ittifoqining ramzlaridan biri, balki qit’amizda tinchlik, hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan umumiy kelajakni qurish maqsadining ham aniq ko‘rsatkichidir. Bundan 76 yil oldin asos solingan Yevropa Ittifoqi tayangan qoidalar bugun ko‘p qirrali inqirovlar bilan bir paytda sinovdan o‘tmoqda. Global miqyosda sezilayotgan urushlar, siyosiy inqirozlar va iqtisodiy qiyinchiliklar Yevropa Ittifoqini yanada qamrovli va birlashtiruvchi siyosat yuritishga majbur qilmoqda.
Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat bo‘lgan Turkiya ushbu jarayonning asosiy va ajralmas unsuri bo‘lib qolmoqda. Bugungi nuqtada Turkiya o‘ziga munosib o‘rinni egallamagan Yevropa me’morchiligi to‘liq bo‘la olmasligi va inqirozlarni boshqarish salohiyatida zaiflik yuzaga kelishi ochiq-oydin ko‘rinmoqda. Avval ham ta’kidlaganimizdek, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga ehtiyoji, Turkiyaning Ittifoqqa ehtiyojidan ko‘proqdir va kelajakda bu ehtiyoj yanada ortadi.”
“Yut-yut” va “va’daga sadoqat” urg‘usi
“Turkiya sifatida biz va’daga sadoqat tamoyili asosida to‘liq a’zolik istiqboli bilan Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarimizni yut-yut tamoyili asosida rivojlantirish irodasiga egamiz. Ushbu samimiy irodaning Yevropa Ittifoqi tomonidan ham namoyon etilishini kutamiz. Shu fikrlar bilan 9-may Yevropa kunining umumiy geografiyamizda tinchlik, osoyishtalik va birdamlikka xizmat qilishini tilayman hamda avvalo fuqarolarimizni, shuningdek Yevropa xalqlarini Yevropa kuni bilan tabriklayman.”














