Suriya Mudofaa vazirligi Suriya armiyasi Halab viloyati qishlog‘idagi Ayn al - Arab shahri yaqinida tinch aholi uylarini nishonga olishga uringan YPG terror tashkilotiga tegishli insonsiz havo transportlarini urib tushirganini ma’lum qildi.
Vazirlik dushanba kuni (26.01.2026) kechqurun mavzu haqida bergan bayonotida, Suriya armiyasi bo‘linmalari terror tashkiloti tomonidan qo‘llanilgan bir nechta xudkush va razvedka insonsiz havo transportlarini to‘sib, yo‘q qilganini bildirdi.
Suriya Arab axborot agentligi (SANA) vazirlikning Media va kommunikatsiya boshqarmasiga tayanib; “armiya kuchlari (YPG terror tashkiloti yetakchiligidagi) SDGga tegishli bir nechta xudkush va razvedka insonsiz havo transportlarini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi”, - deb xabar berdi.
Bayonotga ko‘ra ushbu insonsiz havo transportlari “Halab qishlog‘ida joylashgan Ayn al -Arab atrofi yo‘llari va aholi yashash joylaridagi uylarni nishonga olish” maqsadida ishlatilgan.
Hodisa Suriya hukumati bilan YPG terror tashkiloti o‘rtasida 15 kunga uzaytirilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay sodir bo‘ldi.
Suriya armiyasi yakshanba kuni (25.01.2026) ham YPG terror tashkiloti Suriyaning shimolidagi Ayn al - Arab hududi atrofidagi armiya pozitsiyalarini nishonga olib, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganini ma’lum qilgandi.















