Istanbul aeroporti 18 – maydan 24 – maygacha boʻlgan bir haftalik vaqt davomida, bir kunda oʻrtacha 1519 qatnov orqali Yevropaning eng gavjum aeroportiga aylandi.
Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL), nomi tilga olingan davr uchun «Yevropa aviatsiya hisoboti»ni e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra Istanbul aeroportining bu kunlarda yoki haftada oʻrtacha 1519 qatnov yoʻlga qoʻyish orqali Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi oʻrinda ekani ta’kidlandi.
Ushbu hisobotga koʻra Amsterdam aeroporti 1411 qatnov bilan ikkinchi, Frankfurt aeroporti 1366 qatnov bilan uchunchi, Parij Charles de Gaulle aeroporti 1364 qatnov bilan toʻrtinchi, London Heathrow aeroporti esa 1324 qatnov bilan beshinchi oʻrinda qayd etildi.



















