DUNYO
1 daqiqa o'qish
O‘zbekistonda Turk dunyosiga mos alifboga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini Turk dunyosida qo‘llanilayotgan umumiy alifboga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.
O‘zbekistonda Turk dunyosiga mos alifboga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan marosimdan bir lavha.

O‘zbekiston Senatining 19-yalpi majlisida 7-iyul kuni parlament Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, Senatga yuborilgan alifboga oid qonun loyihasi muhokama qilindi.

Senat yalpi majlisida qabul qilingan qonunga ko‘ra, yangi o‘zbek alifbosi mamlakatda amalda bo‘lgan 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

O‘zgartirishga muvofiq, hozirda “o‘”, “g‘”, “sh” va “ch” shaklida qo‘llanilayotgan harflar va harf birikmalarini tegishli ravishda “ö”, “ğ”, “ş” va “ç” shaklida yozish qabul qilindi. Shuningdek, yangi alifboda “ng” harf birikmasiga o‘rin berilmasligi ham qarorlashtirildi.

Shu tariqa, o‘zbek alifbosining Turkiya boshchiligida lotin yozuvidan foydalanayotgan Turk dunyosi mamlakatlari alifbolariga o‘xshashligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Yangi tartib kuchga kirganidan so‘ng amaldagi alifbodan foydalanish bo‘yicha o‘tish davri joriy etiladi.

Rasmiy hujjatlar, davlat idoralari va tashkilotlarining logotiplari, pul birliklari, peshlavhalar hamda boshqa ayrim unsurlarda amaldagi alifbodan foydalanishga qonunni amalga oshirish bo‘yicha tayyorlanadigan harakatlar rejasida belgilangan muddatlargacha ruxsat beriladi.

Senatda qabul qilingan qonun tasdiqlash uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga yuborildi. Yangi alifbo qonun Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.