AQSh Kongressining Tadqiqot xizmati Eron urushida havo vositalariga yetkazilgan zararlar haqida hisobot tayyorladi.
Hisobotda, AQSh 28-fevralda Eronga qarshi hujumlarni boshlaganidan buyon vertolyotlar, samolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari kabi jami 81 ta havo vositasi butunlay yo‘qotilgani yoki tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangani bildirildi.
TAVSIYA ETILADI
Kongressning Budjet idorasi ma’lumotlariga tayanilgan hisobotda, ushbu yo‘qotishlarning umumiy qiymati Mudofaa vazirligining ularni yangilash rejalariga qarab, 1,9 milliarddan 3,3 milliard dollargacha ekani qayd etildi.




















