Starmerning xizmat mashinasini Prezident saroyi (Kulliye) oldidagi ko‘chada kutib olgan otliq soqchilar avtomobilni protokol darvozasigacha kuzatib bordi.
Prezident Erdo‘g‘on Starmerni saroyning bosh kirish darvozasi oldida kutib oldi. Marosim maydonida o‘z o‘rinlarini egallaganidan so‘ng, orkestr ikki davlatning milliy madhiyalarini ijro etdi.
Tantanada tarixda tashkil etilgan 16 turk davlati ramzi bo‘lgan bayroqlar va askarlar qatnashdi, 21 marotaba to‘p otilishi amalga oshirildi.
Britaniya Bosh vaziri Starmer qo‘riqchilar batalyoni safini “Salom, askar!” so‘zlari bilan qutladi.
Prezident Erdo‘g‘on va Starmer bir-birlariga o‘z delegatsiyalarini tanishtirdi. So‘ngra ular zinapoya oldida Turkiya va Buyuk Britaniya bayroqlari fonida qo‘l siqib, matbuot vakillariga suratga tushishdi.
Ikki rahbar o‘zaro muzokaralardan so‘ng, delegatsiyalar ishtirokidagi ish tushligida qatnashadi, keyin kelishuvlar imzolanish marosimi hamda qo‘shma matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Marosimda, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, mudofaa vaziri Yashar Guler, Prezident devoni bosh kotibi Hakkı Susmaz, Turkiyaning London elchisi O’sman Ko’ray Ertash, Prezident matbuot xizmati rahbari Burhanettin Duran va Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kılıch ham ishtirok etdi.


























