Misr ertaga, (13.10.2025) Qizil dengiz sohilidagi Sharm al - Shayx shahrida uyushtirilgan xalqaro tinchlik sammitiga mezbonlik qiladi. Ushbu sammitga Prezident Abdulfattoh as -Sisi va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp raislik qiladi.
Shanba kuni kechqurun e’lon qilingan prezidentlik bayonotida aytilishicha, sammitda dunyoning 20 dan ortiq mamlakati yetakchilari ishtirok etadi.
Bayonotda qayd etilishicha sammitning maqsadi G‘azodagi urushni to‘xtatish, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni kuchaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikning yangi bosqichini boshlashdir.
Bayonotda bu sammit AQSh Prezidenti Donald Trampning mintaqada tinchlik o‘rnatish borasidagi ko‘z qarashlari va dunyodagi mojarolarni to‘xtatishga qaratilgan tinimsiz sa’y - harakatlari doirasida tashkil etilgani ham ilova etildi.
Tramp chorshanba kuni bergan bayonotida, Isroil bilan Hamas 29 - sentabr kuni shaxsi tomonidan taqdim etilgan 20 bandlik rejaning birinchi bosqichi ustidan kelishib olganini ma’lum qildi. Nomi tilga olingan 20 bandlik reja ichida G‘azoda o‘tashkesimni yo‘lga qo‘yish, isroillik mahbuslarning qariyb 2 ming nafar falastinlik mahbus bilan almashtirilishi va Isroil kuchlarining hududdan bosqichma - bosqich chiqib ketishi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Rejaning birinchi bosqichi juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da (0900 GMT) kuchga kirdi.
Rejaning ikkinchi bosqichi G‘azoda yangi boshqaruv mexanizmini tashkil etish, falastinliklar, arab va islom davlatlaridan keluvchi askarlardan iborat xavfsizlik kuchlarini shakllantirish va Hamasni qurolsizlantirishni ko‘zda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 67,600 nafardan ortiq falastinlik jon berdi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat. Bunga qo‘shimcha ravishda Isroil yuqorida nomi tilga olingan hujumlari yuzasidan G‘azoni ham yaroqsiz holga keltirdi.













