DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya bilan Ukraina bir - birini hujum uyushtirganlikda ayblamoqda
Rossiya bilan Ukraina bir - birini kechasi bilan havo hujumi uyushtirganlikda ayblamoqda
Rossiya bilan Ukraina bir - birini hujum uyushtirganlikda ayblamoqda
_
17 октябр 2025

Rossiya bilan Ukraina kecha (17.10.2025) tunda bir - birining energetika infratuzilmasiga havo hujumlari uyushtirganlikda aybladi.

Volgograd gubernatori Andrey Bocharov Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayangan holda Ukraina tomonidan janubiy mintaqadagi energetika infratuzilmasiga qarshi insonsiz havo transportlari orqali keng ko‘lamli hujum uyushtirilganini bildirdi.

Bocharovning soʻzlariga koʻra urib tushirilgan insonsiz havo transporti qoldiqlari viloyatning Novonikolayevskiy tumanidagi Balashovskaya transformator stansiyasida yongʻinga yo‘l ochgan. U o‘z so‘zida shuningdek: «Oʻt oʻchiruvchilar vaqtni qo‘ldan boy bermay yong‘inni o‘chirmoqda. Taʼmirlash xodimlari atrofdagi aholi punktlariga elektr taʼminotini tiklash ustida ishlamoqda. Turar - joy binolari ziyon ko‘rmadi va tan jarohati olganlar yoʻq», - dedi.

Voronej gubernatori Aleksandr Gusev esa qo‘shni viloyatda qayd etilgan insonsiz havo transporti hujumi ortidan viloyatidagi bir necha qishloq ham elektr ta’minotisiz qolganini ma’lum qildi ammo qo‘shimcha ma’lumot bermadi.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, kechasi bilan Ukrainaga oid 51 ta insonsiz havo transporti urib tushirilgan, ulardan 11 tasi Volgograd viloyati osmonida qayd etlgan.

Ayni paytda Ukrainaning milliy neft va gaz kompaniyasi Naftogaz, Telegram orqali bergan bayonotida, Rossiya o‘z ob’ektlariga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirgani, ba’zi muhim ob’yektlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Naftagoz: «Bunday hujumlar kompaniyaning gaz ishlab chiqarish hajmiga bevosita ta'sir qiladi va biz buning bir qismini import orqali qoplashga majburmiz», - dedi.

Ukrainaning energetika tarmog‘i operatori Ukrenergo, energiya tizimidagi og‘ir vaziyat tufayli bir qancha viloyatlarda, jumladan, poytaxt Kiyevda ham elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Ukrainaning xususiy energiya provayderi DTEK ham Poltava viloyatidagi gaz ishlab chiqarish inshooti faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X platformasida mavzu haqida: «Bu yilgi kuz mavsumida ruslar har kuni bizning energetika infratuzilmamizga hujum qilmoqda”, - degan holda Rossiyaga qarshi yana -da ko‘proq harbiy va iqtisodiy bosimni kuchaytirishga chaqirdi. Zelenskiy, "Bu masala bo'yicha kuchli qarorlar qabul qilinishi mumkin va bu qarorlar Ukrainaning barcha hamkorlari bilan bog'liq. Hamkorlarimizning kuchi urushning tugashini to'g'ridan - to'g'ri belgilab beradi», - dedi.

Zelenskiy juma kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lajak uchrashuviga to‘xtalar ekan, «Hozirda Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish uchun muhim imkoniyat bor. Bu Yevropada ham mumkin. Aynan shu narsani bugun va ertaga Vashingtonda aytib o‘taman», - deya gapirdi.

Ukraina Harbiy - havo kuchlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa qilish kuchlari bir kechada Rossiya tomonidan uchirilgan 320 ta insonsiz havo transportidan 283 tasini va turli 37 ta raketadan 5 tasini urib tushirganini iddao etdi.

Ukraina Bosh shtabi ham bir kechada Rossiyadagi Saratov neftni qayta ishlash zavodiga zarba berganini iddao etdi ammo Rossiya rasmiylari bu haqida hech qanday izoh bermadi.

 

Boxabar bo'ling!
G7 Ukrainada zudlikcha o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Ukraina va Rossiya asirlar almashinuvini qayta yo‘lga qo‘yish uchun Istanbulda muzokara boshladi
Xannibal Qaddafiy o‘n yillik qamoqdan so‘ng kafolat evaziga ozod qilindi
20 dan ortiq davlat RSF zo‘ravonliklarini qoralab, zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
Knesset, falastinliklarga o‘lim jazosi va xorijiy OAVni yopish qonunini ilgari surdi
AQShda hukumat yopilganidan beri ilk bor 10 mingdan ortiq parvoz kechiktirildi
O‘limli Fung-wong to‘foni Filippinni urdi, 1,4 million kishi evakuatsiya qilindi
Vengriya Bosh vaziri Vashington bilan “moliyaviy qalqon” kelishuvi tuzilganini aytdi
Isroil otashkesim kelishuviga qaramay Livanda yana hujum uyushtirdi
Filippinlar, yangi bo‘ron yaqinlashar ekan, qidiruv ishlarini to‘xtatdi
AQSh Janubiy Afrikada o‘tkaziladigan G20 sammitini boykot qiladi
Jakarta maktab majmuasidagi masjidda portlash oqibatida 54 kishi jarohatlandi
Pezeshkiyon: Tehronni evakuatsiya qilishga majbur bo‘lishimiz mumkin
Filippinda Kalmaegi to‘foni 188 kishining hayotiga zomin bo'ldi
Shimoliy Koreya noma'lum ballistik raketa uchirdi
Rossiya bilan Ukrainaning hujumlari oqibatida bir kishi halok boʻldi
Xitoy sun'iy intellekt bo'yicha dunyoda yetakchi bo'ladi
Isroilning G'arbiy Sohildagi aholi punktlarini kengaytirishi anneksiya rejasining bir qismidir
Tramp O‘rta Osiyodagi besh davlat rahbarlarini Vashingtonda qabul qiladi
AQSh va Saudiya Arabistoni Kaliforniya cho‘lida qo‘shma harbiy mashg‘ulotni boshladi