TURKIYA
4 daqiqa o'qish
Emine Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni G‘azo uchun chora ko‘rishga chaqirdi
Emine Erdo‘g‘an Ando‘lu merosini ta'kidlagan holda xalqaro hamjamiyatni G‘azo uchun chora ko‘rishga chaqirdi.
Emine Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni G‘azo uchun chora ko‘rishga chaqirdi
EEmine Erdo‘g‘an Turklar uyida «Anado‘luliklar» loyihasi doirasida davlat va hukumat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini mehmon qildi.
20 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidentining rafiqasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining nol chiqindilar bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat kengashi raisi Emine Erdo‘g‘an, Anado‘luning minglab yillik madaniy merosini ta’kidlagan holda G‘azoni himoya qilish uchun xalqaro miqyosda yana - da kuchliroq choralar ko‘rishga chaqirdi.

«Anado‘ludagi hayot, barqaror rivojlanish maqsadlariga qanday erishish mumkinligini ko‘rsatuvchi yo‘l xaritasidir. Chunki Anado‘lu darvozalari, minglab yillik tajriba asosiga tayangan hosildorlik, boylik va mahoratga ochiladi», - degan Erdo‘g‘an seshanba kuni Nyu - Yorkda BMT Bosh assambleyasi doirasida Turklar uyida uyushtirilgan va shaxsining himoyasida amalga oshirilgan «Anado‘luliklar» loyiha doirasida davlat va hukumat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini mehmon qildi.

Erdo‘g‘an va boshqa davlatlarning birinchi xonimlari Turkiya Sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan va Anado‘luning ming yillik tajribasi, hunarmandchiligi va madaniy merosini zamonaviy dizayn bilan birlashtirgan ko‘rgazmani tomosha qildi.

Unda taxminan 40 turdagi an’anaviy matolar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, filigra va kazaziye zargarlik buyumlari, keramika namunalari, yong‘oqdan yasalgan sandiqlar va qo‘lda ishlangan mis buyumlar namoyish etildi. Mehmonlar Anado‘luning ishlab chiqarish madaniyatining ramzi hisoblangan «Tsikl», «Davomiylik», «Hamjihatlik» va «Ustalikka» bag‘ishlangan mavzuli eshiklardan o‘tdi.

Globalizatsiya mahalliy madaniyatlarni asta - sekin yo‘q qilmoqda

O‘z nutqida BMT Bosh assambleyasi doirasida mehmonlarni qabul qilish va ularni Anado‘luning boy merosi bilan tanishtirishdan mamnun ekanini ifoda etgan Emine Erdo‘g‘an: «Har bir madaniyat, har bir til, har bir din birlashib, ajoyib insoniy simfoniyani hosil qiladi. Ammo globalizatsiya mahalliy madaniyatlarni asta - sekin yo‘q qilmoqda. Eng qizig‘i dunyoni tobora bir xil ovozli va bir xil rangli qilib qo‘ymoqda», - dedi.

Uning ta’kidlashicha dunyoda 7 mingdan ortiq til mavjud bo‘lishiga qaramay uning yarmi 21 - asr oxiriga kelib yo‘qolib ketishi mumkin. Tilning yo‘qolishi bir xalqning madaniyati, hissiyotlari va dunyo qarashining yo‘qolishi degan ma’noni anglatadi.

BMTning 2030 - yilga mo‘ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlarining faqat 18 foizi amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an: «Insoniyat sifatida adolatli, chiqindisiz, mehnatni qadrlaydigan, tabiatni quchoqlaydigan va tinchlikni rivojlantiradigan yo‘lni izlayapmiz. Yechim uzoqda emas, u sivilizatsiyamiz ildizlarida. Anado‘luning donoligi, barqaror hayot uchun yo‘l xaritasidir», - dedi.

Turk oshxonasining chiqindisiz modelni aks ettirganini ta’kidlagan Emine Erdo‘g‘an axloqiy ishlab chiqarish, qayta ishlash, barqaror moda, tabiiy materiallardan foydalanish va ayollar mehnatini qo‘llab - quvvatlash kabi amaliyotlar Anado‘luda asrlar davomida saqlanib kelinganini ta’kidladi.

Bu ruhni urushdan ziyon ko‘rgan hududlar, jumladan G‘azo va Ukrainaga yoyishga chaqirgan birinchi xonim: «Keling, sivilizatsiyalarimiz donoligini qit’alarni bog‘laydigan birodarlik ko‘priklariga aylantiraylik», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroilning 1945 - yildan oldingi Falastinni yo‘q qilib yuborishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak

Tarixni o‘chirib tashlashga qarshi kurash olib borishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an: «Isroilning 1945 - yilgacha bo‘lgan Falastinni xotiramizdan o‘chirib tashlashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Aksincha, bu qadimiy tarix va madaniyatni saqlab qolish va o‘rgatishimiz shart. Bombalarga qarshi qalamlar, kitoblar va xotiralar bilan qarshi turishimiz muhimdir», - dedi.

G‘azodagi insoniy falokat ustidan ogohlantirgan Emine Erdo‘g‘an: «Bilasizmi, G‘azodagi bolalar shunchalik och holda uxlayapdiki, ayrim paytlarda ular qayta uyg‘ona olmay ham qo‘lmoqda. Faqat ikki yil ichida 19 ming nafarga yaqin bola halok bo‘ldi. G‘azo bolalar qabristoniga va insonlar vijdoni ko‘milgan bir joyga aylandi», - dedi.

U yana bir bor insoniyatni G‘azoning ovozi bo‘lishga, insoniy yo‘laklarni ochishga va xalqaro huquqni mustahkamlashga chaqirdi. U ko‘plab davlatlarning Falastinni davlat sifatida tan olish qarorini tinchlik va adolat uchun tarixiy burilish nuqta sifatida baholadi.

Anado‘lu an’analari barqaror va madaniy donolikni o‘z ichiga oladi

Emine Erdo‘g‘an Nyu - Yorkda dunyo yetakchilarining turmush o‘rtoqlarini mehmon qilishdan va Anado‘luning madaniy merosi, barqaror an’analari va hunarmandchiligi bilan tanishtirish tadbirini o‘tkazishdan chin dildan xursand ekanini ifoda etdi.

Dastur ortidan ko‘rgazmani, Anado‘luning unumdor tuproqlarida yetishtirilgan ekinlar, avloddan - avlodga o‘tib kelayotgan oshpazlik donoligi va usta hunarmandlarning mahoratini nishonlash sifatida tasvirladi.

Ushbu tashabbus Anado‘luning estetik ko‘rinishi, barqaror ishlab chiqarish ruhi va tabiatga bo‘lgan hurmatini global maydonga olib chiqish niyatida ekanini qayd etdi. Erdo‘g‘an ushbu yig‘ilish madaniyatlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, birodarlik va insoniyatning umumiy kelajagini mustahkamlashga xizmat qilishidan umidvor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.