G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Xitoy takror Gʻazoda otashkesim yoʻlga qoʻyilishini talab qildi
Van I, Gʻazoni bosib olish sa'y - harakatlari va Gʻarbiy Sohilni nishonga olgan anneksiya tashabbuslarini tanqid qilgan holda Isroil harakatlari xalqaro huquqni jiddiy ravishda paymol qilganidan dalolat berishini ta'kidladi.
Xitoy takror Gʻazoda otashkesim yoʻlga qoʻyilishini talab qildi
21 сентябр 2025

Xitoy xalqaro hamjamiyatni Gʻazoda toʻliq otashkesim yoʻlga qoʻyilishi uchun chora koʻrishga chaqirar ekan Falastin davlatining tan olinishini qoʻllab - quvvatladi.

Xitoyning Xinhua axborot agentligi mavzu haqida shanba kuni tarqatgan ma’lumotida, Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van I tomonidan juma kuni berilgan bayonotda, insoniy inqirozning oldini olish uchun Gʻazoda toʻliq otashkesim yoʻlga qoʻyilishi talab qilinganini qayd etdi.

Van I bu haqida poytaxt Pekinda marokashlik hamkasbi Nasser Bourita bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida gapirar ekan, xalqaro hamjamiyatni Falastindagi mavjud inqirozni hal qilish uchun birlashishga chaqirdi.

Isroilga gapi oʻtgan davlatlar, Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashi va insonparvarlik tashkilotlaridan oʻz mas’uliyatlarini bajarishini talab qildi.  

Van I, Falastin falastinliklar tomonidan boshqarilishi kerakligi haqidagi tamoyil amalga oshirilishi zarurligini ta’kidlar ekan ayni vaqtda Gʻazo bilan Gʻarbiy Sohil Falastinning tuproqlari sifatida tan olinishi shart ekanini bildirdi. U shuningdek, urushdan keyingi boshqaruv tartibi jarayonida Falastin xalqining istaklari hurmat qilinishi va ularning huquqlarini himoya qilishi lozim ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Van I, Falastinning toʻliq BMT tarkibida boʻlishini qoʻllab – quvvatlashi va muammoni ikki davlat asosida hal qilish taklifini himoya qilishini bildirgan holda bu yechimga monelik qilgan bir tomonli harakatlarni esa rad etdi.

Gʻazoda davom etayotgan genotsid urushi va buning oqibatida yuzaga kelgan insonparvarlik inqirozidan chuqur xavotirda ekanini bildirgan Van I, Isroilning Gʻazoni bosib olish sa’y - harakatlari va Gʻarbiy Sohilni nishonga olgan anneksiya tashabbuslarini tanqid qildi. Isroilning bunday sa’y - harakatlari xalqaro huquqni jiddiy ravishda paymol qilganidan dalolat berayotganiga esa alohida e’tibor qaratdi.

Isroilning bir davlatga ega boʻlish huquqini qoʻllab - quvvatlagan Van I, Falastinning ham bir davlatga ega boʻlish huquqini tasdiqladi. «Ikki xil standart»larni rad etishini bildirgan Van I, soʻzlari davomida ham isroilliklar ham da arablarning hayoti birdek muhim va qadrli ekanini ta’kidladi. Bunga qoʻshimcha ravishda, zoʻravonlikka zoʻravonlik bilan javob berish, faqatgina nafratni kuchaytirishini oʻz soʻziga ilova etdi.

Van I, shuningdek, Xitoy Falastinning talabini qoʻllab - quvvatlashi va otashkesim yoʻlga qoʻyilishi shartligi haqidagi koʻz qarashiga e’tibor qaratdi. Eng muhimi, muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi va adolatli yechim uchun kurash olib borishini ifoda etdi.