Sog‘liqni Saqlash va mahalliy manbalarga ko‘ra Isroil tomonidan G‘azoning turli hududlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida falastinlik ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida yuqori darajali politsiya xodimlari ham borligi aniqlandi. Halok bo‘lganlardan tashqari kamida 14 kishi yaralandi.
Kecha, shanba kuni amalga oshirilgan hujumlar 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Isroil tomonidan har kuni buzilishining navbatdagi misollaridan biri bo‘ldi.
G‘azo Ichki Ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha G‘azo shimolidagi politsiya boshlig‘i, 54 yoshli Abdunnosir Muhammad al - Muqaddima G‘azo shahrining shimoli - g‘arbidagi Shayx Ridvon mahallasiga qarshi uyushtirilgan Isroil havo hujumida halok bo‘lgan.
Shuningdek, G‘azo shimolidagi Abu Sharh chorrahasi yaqinida bir avtomobilga qarshi isonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum natijasida falastinlik bir kishi og‘ir tan jarohati oldi.
Sog‘liqni Saqlash manbasi ma’lum qilishicha, falastinlik politsiyachi Yamin Ubayd 14 -iyul kuni Isroil hujumida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra Isroilning havo hujumlari va o‘q uzish holatlarini o‘z ichiga olgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishlari natijasida falastinlik 1 ming 191 kishi halok bo‘lgan, 3 ming 853 kishi yaralangan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan buyon Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari oqibatida falastinlik 73 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgan, 173 ming nafardan ortiq inson esa yaralangan. Keng ko‘lamli vayronagarchilik natijasida hududdagi fuqarolik infratuzilmasining qariyb 90 foizi ziyon ko‘rgan.





















