Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an so‘nggi 11 oy ichida Turkiyaning mudofaa va aviatsiya eksporti o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 7 milliard 445 million AQSh dollariga yetganini ma’lum qildi.
Shanba kuni (20.12.2025) “Dengiz platformalarini xizmatga topshirish, bayroq ko‘tarish va ilk po‘lat kesimi” marosimida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an: “Bugungi kunda mudofaa eksporti sohasida dunyoda 11 - o‘rindamiz. So‘nggi 11 oy ichida mudofaa va aviatsiya eksportimiz o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 7 milliard 445 million dollarga yetdi”, — dedi.
Turkiyaning mudofaa sanoati loyihalari faqatgina mahsulot ishlab chiqishni emas, balki ekotizim bilan texnologiya ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishni ham maqsad qilganini ta’kidlab: “Turkiya sifatida mudofaa sanoati sohasida amalga oshirayotgan har bir loyihamizda nafaqat mahsulot yaratamiz, balki texnologiya ishlab chiqarish quvvatini ham oshirishni ko‘zlayapmiz”, — degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tinchlik, mustaqillik va kelajagimizni himoya qilish uchun
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya o‘z jangovar kemasini ishlab chiqarib, uni dengizga tushirgan dunyodagi 10 ta davlatdan biri ekanini qayd etib: “TCG - Anado‘luning og‘asi bo‘luvchi aviatashuvchi kemamizning qurilish jarayonlarini ham boshlatdik”, — dedi.
U yana quruqlik, dengiz, havo va kiber makonda tiyib turuvchi qo‘shimcha loyihalar bosqichma - bosqich hayotga tatbiq etilishi; ARGE - dan tortib dizayn, dasturiy ta’minot va seriyali ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar mahalliy va milliy resurslar asosida boshqarilayotganini bildirdi.
Investitsiyalar urushga tayyorgarlik maqsadini ko‘zlamasligini alohida ifoda etgan Erdo‘g‘an: “Bizning maqsadimiz urushga tayyorlanish emas, tinchlikni asrashdir”, — dedi.















