Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari sammitida «oilaviy surat»ga tushish marosimida ishtirok etdi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘zi istiqomat qilayotgan mehmonxonada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashganidan so‘ng, sammit o‘tkazilayotgan Iris Ordo Kongress markaziga yo‘l oldi.
Erdo‘g‘on bu yerda Qirg‘iziston Prezidenti Sadır Japarov tomonidan kutib olindi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari birgalikda «oilaviy surat»ga tushishdi.
Prezident Erdo‘g‘an suratga tushish chog‘ida ayrim davlat rahbarlari bilan qisqa suhbatlashdi.




























