Qoidabuzarliklarini davom ettirayotgan Isroil bu galgi havo hujumlarida G‘azoning shimoli va janubida joylashgan hamda o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan shaxslarga tegishli chodirlar bilan tinch aholini nishonga oldi. Oqibatida falastinlik to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, boshqalar esa tan jarohati oldi.
Tibbiy manbalar yakshanba kuni (15.02.2026) bergan bayonotida, G‘azo janubidagi Xon Yunus shahrining janubi - g‘arbida tinch aholidan iborat guruhni nishonga olgan Isroil havo hujumi natijasida falastinlik besh kishi halok bo‘lgani, boshqalari esa yaralanganini ma’lum qildi.
Shimolda esa sog‘liqni saqlash xodimlari va guvohlar Jabaliya shaharchasining g‘arbida joylashgan al - Faluja hududida o‘z uy – joyidan ko‘chirilgan shaxslar joylashgan chodirni nishonga olgan Isroilning dron hujumida falastinlik to‘rt kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi yaralanganini qayd etdi.
Falastin uylarining yirik qismining yer bilan yakson qilinishi
Isroil armiyasi Jabaliya qochqinlar lagerining shimoli - sharqida falastinliklarga oid uylarning yirik qismini buzib tashladi. Hududda Isroil harbiy texnikalaridan kuchli artilleriya o‘qlari va qurol ovozlari eshitildi.
Bu hujumlar armiya tomonidan shanba kuni G‘azoning shimolida Isroil kuchlari yaqinida jangchilar paydo bo‘lgani aniqlagani iddao etilishi ortidan sodir bo‘ldi.
Eslatib otamiz: 2023 - yilning 8 - oktabrda boshlangan va ikki yil davom etgan Isroilning G‘azoga qarshi urushi falastinlik 72 ming nafardan ortiq insonning halok bo‘lishiga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa tan jarohati olishiga yo‘l ochdi. Harbiy bo‘lmagan infratuzilmaning esa 90 foizi yer bilan yakson bo‘ldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra otashkesim yoki sulh kuchga kirganidan buyon falastinlik kamida yana 591 kishi halok bo‘lgan, 1 ming 578 kishi esa yaralangan.













