G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azoda yana goidabuzarlik qildi
Bugun Rafoh, G‘azo shahri va Burayj muhojirlar lageriga qarshi uyushtirilgan hujumlar, Isroil qoidabuzarliklarining oxirgi namunasi sifatida qayd etildi.
Isroil G‘azoda yana goidabuzarlik qildi
_
1 январ 2026

Guvohlarning aytishicha Isroil armiyasi payshanba kuni (01.01.2025) yana sulh kelishuvini buzib, G‘azo bo‘ylab bir nechta hududda hujum uyushtirdi.

Guvohlar Isroil harbiy samolyotlari G‘azo janubidagi Rafoh shahrining sharqiy qismini nishonga olgani, bir vaqtning o‘zida artilleriya zarbalari davom etgani; kuchli portlash tovushlari va Isroil harbiy texnikalaridan vaqti - vaqti bilan o‘q ovozlari eshitilganini bildirdi.

G‘azo shahrida esa Zaytun va Shuja’iya mahallalarida havo hujumlari va artilleriya bombardimoni qayd etildi; portlashlarning sadosi atrofga tarqaldi.

G‘azo markazidagi Burayj qochqinlar lagerining sharqiy qismlari ham artilleriya o‘qiga tutildi, Isroil harbiy mashinalaridan o‘q ovozlari eshitildi.

Hozircha halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Ma’lum qilinishicha nishonga olingan hududlar Isroil armiyasining haligacha G‘azoda nazorat ostida ushlab turgan joylar sirasiga kiradi; Tel - Aviv enklavning 50 foizidan ortig‘ida harbiy o‘rnini saqlab kelmoqda.

Falastinliklar 2023 - yilning oktabr oyidan beri, ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani, 171 ming nafardan ziyod inson tan jarohati olgani ham - da ikki yil davom etgan Isroil hujumlarini to‘xtatgan sulh kelishuvi Isroil tomonidan bir necha bor buzilganini ta’kidlamoqda.

G‘azo hukumati matbuot idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 10 - oktabr kuni kuchga kirgan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida falastinlik kamida yana 418 kishi halok bo‘lgan, 1 ming 110 nafardan ortiq inson esa tan jarohati olgan.