Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, juma kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan amalga oshirgan telefon orqali muloqotida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni va mintaqada ortib borayotgan harbiy tarangliklarni muhokama qildi.
Turkiya Kommunikatsiyalar Boshqarmasidan berilgan bayonotga ko‘ra, ikki yetakchi Turkiya-Eron munosabatlari bilan bir qatorda, AQSh va Eron o‘rtasidagi so‘nggi tarangliklardan kelib chiqqan xavfsizlik risklarini ko‘rib chiqdi.
Erdo‘g‘on suhbatda, taranglikning pasaytirilishi va masalalarning yechim topishi uchun Turkiyaning, Eron bilan AQSh o‘rtasida osonlashtiruvchi rol o‘ynashga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Bayonotda, Erdo‘g‘onning Pezeshkiyonga juma kuni poytaxt Anqarada Eron Tashqi ishlar vazirini qabul qilishi ham bildirildi.
Araqchi: Turkiya-Eron har doim kuchli aloqalarga ega bo‘ldi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi, juma kuni bergan bayonotida, mintaqaviy qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun Turkiya va Eron o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirish va muntazam maslahatlashuvlarning shart ekanligini ta’kidladi.
Istanbulga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida Eron davlat televideniyesiga gapirgan Araqchi, oylar avval rejalashtirilgan ushbu tashrifning, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning tashrifidan so‘ng amalga oshganini va ikki tomonlama, mintaqaviy hamda xalqaro masalalarni muhokama qilishni maqsad qilganini aytdi.
Araqchi, "Eron va Turkiya, har doim yaqin maslahatlashuvlar olib boradigan muhim qo‘shni davlatlardir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda kuchli aloqalarimiz bor va mintaqaviy masalalarda muntazam ravishda maslahatlashib turamiz," dedi.
Eron Tashqi ishlar vaziri shuningdek, AQSh va boshqa aktorlarning (kuchlarning) belgilagan maqsadlari, ikki davlatning pozitsiyalarini muvofiqlashtirishini, mintaqaviy o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirishini va mavjud qiyinchiliklar bilan qanday kurashish borasida fikr almashishini taqozo etishini qayd etdi.
Araqchining juma kuni Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidandan so‘ng Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ham uchrashishi rejalashtirilmoqda.















