Shanba kuni (02.05.2026) Axios tomonidan e’lon qilingan xabarga ko‘ra Eron Ho‘rmüz bo‘g‘ozini qayta ochish, AQSh dengiz blokadasini tugatish hamda Eron va Livandagi urushni doimiy ravishda yakunlash bo‘yicha kelishuv muzokaralari uchun bir oylik muddat bergan.
Tehron payshanba kuni (30.05.2026) Vashingtonga asosiy kelishuv uchun 14 banddan iborat yangilangan taklif taqdim etdi.
Hujjat bilan tanish bo‘lgan ikki manbaga ko‘ra taklif dengiz yo‘llarini ochish, AQSh dengiz blokadasini bekor qilish va har ikki tomonda doimiy sulhga erishishni ko‘zda tutuvchi kelishuv uchun qat’iy bir oylik jadvalni belgilaydi.
Jurnalistlarning yangi hujum uyushtirish uchun buyruq berilib - berilmasligi haqidagi savoliga, AQSh Prezidenti Donald Trump kecha, shanba kuni (02.05.2026) quyidagicha javob bergan: «Agar ular yomon muomalada bo‘lsa, yomon ish qilsa — ha; lekin hozircha kutamiz va ko‘ramiz. Bu albatta mumkin bo‘lgan ehtimol».
Manbalarga ko‘ra taklif dastlabki kelishuvdan so‘ng yadro dasturiga qaratilgan yana bir oylik ikkinchi bosqichni ham o‘z ichiga oladi.
Tramp juma kuni Eron taklifidan mamnun emasligini aytgan bo‘lsa - da, shanba kuni (02.05.2026) Palm Beachdan Mayamiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga uni parvoz davomida ko‘rib chiqishini qayd etdi.
Bu haqida: «Ko‘rib chiqyapman. Keyin sizlarga xabar beraman. Ular kelishuv konsepsiyasi haqida gapirishdi. Endi menga to‘liq matnni berishadi» - dedi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Tramp Truth Social orqali ancha keskin ohangda chiqish qilib, bu taklifni «qabul qilib bo‘ladigan deb tasavvur qila olmasligini» ifoda etdi va Eron «so‘nggi 47 yil ichida insoniyat va dunyoga qilgan ishlari uchun hali yetarlicha og‘ir badal to‘lamaganini» ta’kidladi.
Shuningdek, Tramp Eron portlariga nisbatan qo‘llanilgan blokadani «juda do‘stona» va e’tirozsiz choralar deb atab, bu holat dushmanliklar «yakunlangan» degan iddao bilan zid emasligini ilgari surdi.












