G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Falastin Lyuksemburg soʻzlarini xursandchilik bilan qarshi oldi
Falastin, Lyuksemburg Falastinni bir davlat sifatida tan olish haqidagi soʻzlarini xursandchilik bilan qarshi oldi.
Falastin Lyuksemburg soʻzlarini xursandchilik bilan qarshi oldi
17 сентябр 2025

Falastin Lyuksemburgning Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotini xursandchilik bilan qarshi oldi va boshqa davlatlarni ham shunday qadam tashlashga chaqirdi.

Falastin Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Bosh vazir Lyuk Friden bilan Tashqi Ishlar vaziri Ksavye Bettelning xalqaro huquqqa muvofiq va ikki davlat asosidagi yechimga asoslangan tinchlik sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha dadil munosabat bildirganliklari ifoda etildi.

Vazirlik, haligacha Falastinni tan olmagan davlatlarga murojaat qilib, bunday qadamlar urushni tugatish va tinchlikni rivojlantirish uchun global konsensusni mustahkamlashini ta’kidladi.

Lyuksemburgning bu soʻzlari yoki va’dasi Birlashgan Qirollik, Fransiya, Avstraliya va Kanada kabi mamlakatlarning BMT Bosh Assambleyasining shu oydagi sessiyasida Falastinni tan olish rejalarini koʻrsatgan bayonotlaridan keyin qayd etildi.

Falastin, quvgʻindagi Falastin rahbariyatining 1988 - yili davlat deb e’lon qilinishi ortidan BMT tarkibidagi 193 davlatdan kamida 149 tasi tomonidan tan olinmoqda.

Gʻazo zamonaviy tarixdagi eng qonli toʻqnashuvlardan birini boshdan kechirayotgan bir paytda, tan olinish borasidagi jarayon sur’ati e’tiborlarni o‘ziga jalb etmoqda. Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabridan buyon 65 ming nafarga yaqin falastinlikni, asosan ayollar va bolalarni o‘ldirdi.

Toʻxtovsiz davom etgan bombardimonlar, mintaqani yashash uchun yaroqsiz holga keltirdi va ocharchilik bilan kasalliklarning tarqalishiga yo‘l ochdi.