AQSh Prezidenti Donald Trump saylov kampaniyasi doirasida Alabama shtatiga jo‘nab ketishidan oldin Oq uy hovlisida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Neft narxlarining yuqoriligi haqidagi savolga javoban Trump: “Eron masalasi hal bo‘lishi bilanoq — bu uzoq davom etmaydi, umuman uzoq cho‘zilmaydi — neft narxlari avvalgi darajasiga, balki undan ham pastga tushadi”, dedi.
Trump Yevropa davlatlari dizel yoqilg‘isi masalasida o‘z hissasini qo‘shishini va bu boradagi muammo bartaraf etilishini ta’kidladi.
TAVSIYA ETILADI
AQSh Prezidenti: “Yevropada dizel yoqilg‘isi zaxiralari ko‘p. Ular dunyoga katta hissa qo‘shadi, biz ham shunday qilamiz. Eksportga taqiq joriy etmaymiz”, dedi.

























