SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Kalibaf: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yangi muvozanat shakllanmoqda
Muhammad Bakir Kalibaf, dengiz transporti va energiya tranziti xavfsizligi AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan xavf ostida ekaniga e'tibor qaratdi.
Kalibaf: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yangi muvozanat shakllanmoqda
_

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bakir Kalibaf strategik bo‘g‘ozda keskinlik davom etayotgan bir paytda, «Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yangi muvozanat shakllanmoqda», - dedi.

Kalibaf, seshanba kuni (05.05.2026) X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Dengiz transporti va energiya tranziti xavfsizligi AQSh va uning ittifoqchilari sulhni buzib, blokada qo‘llayotgani sabab xavf ostida qoldi biroq ular yetkazgan ziyon kamaytiriladi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Muhammad Bakir Kalibaf o‘z bayonotida shuningdek: «Mavjud vaziyat shu tarzda davom etishi AQSh uchun chidab bo‘lmas darajaga yetdi» - deya gapirdi.

AQSh va Isroilning 28 - fevral kuni Eronga qarshi hujumlar boshlashi Tehronning Isroilga, Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilariga hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishga qaratilgan javob choralarini keltirib chiqardi.

Joriy yilning 8 - apreli kuni Pokiston o‘rtamchiligida sulh kuchga kirdi biroq Islomoboddagi muzokaralardan doimiy kelishuvga erishilmadi. Sulh muddati keyinchalik AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan noma’lum muddatga uzaytirildi.

13 - apreldan buyon AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron dengiz qatnoviga qarshi dengiz blokadasini amalga oshirmoqda.