Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemachilikka tahdid solayotgan Eronning raketa imkoniyatlariga qarshi amaliyotlar doirasida AQShning britan bazalaridan foydalanishini kengaytirganini ma’lum qildi.
Hukumat tomonidan berilgan bayonotda; vazirlar kengashi a’zolari juma kuni (20.03.2026) o‘tkazgan yig‘ilishda AQShning britan bazalarini mintaqaning kollektiv mudofaasi doirasida foydalanishi haqidagi kelishuv, kemalarga qarshi uyushtirilgan hujumlarda foydalanilgan raketa sohalari va imkoniyatlarini yo‘q qilishni ko‘zlagan mudofaa amaliyotlarini ham o‘z ichiga olishi tasdiqlandi.
Bayonotda, Buyuk Britaniyaning mojaroga yondashuvidagi asosiy tamoyillar o‘zgarmagani ta’kidlanib, zudlik bilan keskinlikni pasaytirish va urushni tez fursatda tugatish chaqirig‘i bildirildi.
Vazirlar, shuningdek, Eronning nishonlarini xalqaro dengiz tashuviga qadar kengaytirganini qoraladi. Eronning britan bayrog‘i ostidagi kemalar va ittifoqchilarga tegishli kemalarga hujum qilishi mintaqani yanada chuqur inqirozga tortishi va global iqtisodiy oqibatlarni kuchaytirishi mumkinligi aytildi.
Kengroq urushga tortilmaslik haqida ogohlantirish
Joriy yilning 28 - fevrali kuni boshlangan AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlari ortidan, Buyuk Britaniya, dastlab bazalardan foydalanishga ruxsat bermaslik pozitsiyasidan voz kechib, yanada chuqur logistika va operatsion hamkorlikka o‘ta boshladi.
Bosh vazir Keir Starmer zarur mudofaa choralarini ko‘rar ekanlar, kengroq urushga tortilmasliklarini bildirdi va hukumatning mojaroni tugatish uchun ishlashda davom etishini qayd etdi.
Ammo Buyuk Britaniyaning mojaro ichidagi rolining kengayishi, bu masofani saqlab qolishni tobora mushkullashtirayotgani haqidagi munozaralarni kuchaytirdi.
28 - fevralda Isroil va AQShning Eronga qarshi boshlagan qo‘shma hujumlari ortidan mintaqada keskinlik avj oldi. Hujumlarda qariyb 1 ming 300 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.
Eron esa mintaqa bo‘ylab raketa va insonsiz havo transportlari orqali javob qaytardi va odatda kuniga taxminan 20 million barrel neft hamda global suyultirilgan tabiiy gaz savdosining qariyb 20 foizi o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini deyarli kema qatnoviga yopib qo‘ydi.










