Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an shanba kuni (25.04.2026) Chanoqqal’a quruqlik janglarining 111 - yilligini yodga oldi.
Erdo‘g‘an mavzu haqida Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot berdi va unda:
TAVSIYA ETILADI
“Chanoqqal’a quruqlik janglarining 111 - yilligi munosabati bilan avvalo G‘oziy Mustafa Kemal boshchiligida mustaqilligimiz va kelajagimiz yo‘lida kurash olib borgan barcha qahramonlarimizni hurmat bilan yod etaman. Shahidlarimiz va olamdan o‘tgan faxriylarimizni rahmat bilan yodga olaman”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, shahidlar va faxriylarni yodga olib; ularning fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirdi.


















