TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Iordaniyadagi cherkovga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi
Tashqi ishlar vazirligi Iordaniyaning Karak shahridagi cherkovga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi.
Turkiya Iordaniyadagi cherkovga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi
Tashqi ishlar vazirligi

Vazirlik Iordaniyaning Karak shahridagi cherkovga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan yozma bayonot berdi.

Bayonotda cherkovga qilingan qurolli hujum keskin qoralanib, quyidagi fikrlar bildirildi:

“Hujumda halok bo‘lganlarning yaqinlariga va Iordaniya xalqiga hamdardlik bildiramiz, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. Mamlakat birligi va osoyishtaligini nishonga olgan ushbu qabih hujum qarshisida Iordaniya bilan birdamligimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”.

Iordaniyaning Karak shahridagi cherkovga uyushtirilgan qurolli hujumda 7 kishi halok bo‘lgan, 27 kishi yaralangan edi.

Iordaniya Bosh vaziri Ja’far Hasan hujumda halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qilinganini ma’lum qilgan edi.