IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turkiyaning Suriyaga bo‘lgan eksportida o‘sish qayd etildi
Turkiyaning qo‘shni davlatlarga bo‘lgan eksportlarida keskin o‘sish qayd etilar ekan, bu holat Turkiya bilan Suriya o‘rtasidagi savdo munosabatlariga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Turkiyaning Suriyaga bo‘lgan eksportida o‘sish qayd etildi
_
25 декабр 2025

Turkiya Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari O‘zgur Vo‘lkan Ag‘ar, Asad rejimi qulashi ortidan Suriyadagi siyosiy jarayonlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilangani va hatto Turkiyaning Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan eksporti joriy 2025 - yilda yillik hisobda 54,1 foizga oshib, 3 milliard dollardan oshganini qayd etdi.

Savdo vaziri o‘rinbosari O‘zgur Vo‘lkan Ag‘ar mavzu haqida Anado‘lu axborot agentligiga bergan intervyusida, Turkiyaning Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan eksporti o‘tgan 2024 - yili 1,95 milliard dollarni tashkil etgani, qo‘shni davlatlarga bo‘lgan eksportlarda keskin o‘sish qayd etilganini ta’kidladi.

Ag‘ar, Turkiyaning jami tovar eksporti yanvar – noyabr oylarida 270,6 milliard dollarga yetganini qayd etgan holda yil yakuniy ko‘rsatkichlari 2026 - yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan eksportlarni baholash marosimida e’lon qilinishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, mazkur marosimda kelgusi yil eksport maqsadlarini e’lon qiluvchi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham ishtirok etadi.

Xizmatlar sohasida ham Turkiya tashqi savdoda ijobiy natijaga erishayotgan davlat ekaniga e’tibor qaratgan Ag‘ar, yillik hisobda 122,5 milliard dollarlik xizmatlar eksporti yanvar – noyabr oylari davrida amalga oshirilganini ma’lum qildi. Noyabr oyida jami tovar va xizmatlar eksporti 393,1 milliard dollarga yetdi.

Ag‘ar, “Maqsadimiz, 2026 - yili hozirgi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori natijalarga erishishdir”, - dedi.

Turkiya qo‘shni mamlakatlarga bo‘lgan eksportda muhim rol o‘ynashda davom etayotganini ham ta’kidlagan Ag‘ar, Suriya bilan bo‘lgan savdo aloqalari o‘tgan yilning dekabr oyida Asad rejimi qulashi ortidan keng tus olganini bildirdi.

Vazir o‘rinbosari mavzu haqida shuningdek: “Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan eksportimiz 3 milliard dollar saviyasidan yuqori. O‘tgan yilga nisbatan 54 foiz o‘sish qayd etdik. Bu avvalgi yillarga qaraganda juda muhim o‘sishdir. Shuning uchun Suriya yana - da rivojlanib, siyosiy barqarorligini mustahkamlagan sari Turkiya bilan munosabatlarini ham yana - da kengaytiradi. Muhimi, tashqi savdo ko‘rsatkichlari ancha yaxshilanadi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.