TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Istanbul sohillari yaqinida ikkita savdo kemasi to‘qnashib ketdi
Marmara dengizida Turkiya bayrog'i ostidagi "Tugberk Imamo'g'lu" yuk kemasi boshqa bir kema bilan to'qnashib ketganidan keyin u bilan aloqa uzildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Istanbul sohillari yaqinida ikkita savdo kemasi to‘qnashib ketdi
To'qnashuv Silivridan 18 dengiz mili janubda sodir bo'ldi. / AA

Istanbulning Silivri tumani yaqinida chorshanba tongida Turkiya bayrog‘i ostidagi ikkita tijorat kemasi to‘qnashib ketdi. Dengiz ma'murlarining bildirishicha, kemalardan biri bilan aloqa uzilgan va u cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin.

Istanbul gubernatorligining ma'lum qilishicha, Kocaeli viloyatidan Aliagaga yo‘l olgan Alsu tijorat kemasi mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida Iskenderun portidan Qora dengizdagi Ereyli shahriga ketayotgan Tugberk Imamoglu kemasi bilan to‘qnashgan. Ushbu fojiali to‘qnashuv Silivri sohilidan 18 dengiz mili janubda sodir bo‘lgan.

Voqeadan darhol so‘ng hududga Qirg‘oq xavfsizligi boshqarmasi, shuningdek, Marmara va bo‘g‘ozlar qirg‘oq qo‘riqchilari qo‘mondonligining kemalari hamda qutqaruv vertolyoti safarbar etildi. Qutqaruvchilarning dastlabki ko‘rigida Alsu kemasida jiddiy shikastlanish yo‘qligi aniqlangan.

Dengiz ishlari boshqarmasi tarqatgan bayonotda Tugberk Imamoglu kemasi radiostansiya chaqiriqlariga javob bermayotgani, ekipaj a'zolarining telefonlari ham o‘chiqligi sababli mazkur kema cho‘kib ketgan deb taxmin qilinayotgani bildirildi.

Hozirda barcha tegishli idoralar tomonidan keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.